Xo'jamuratova Fotimaning Mustaqil ishi rajaz va hazaj bahri vaznlari


Download 100.13 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi100.13 Kb.
#1257500
Bog'liq
Xo`jamuratova Fotima1

Termiz Davlat Universiteti O'zbek Filalogiyasi fakultetifilalogiya va tillarni o'qitish; o'zbek tili yo'nalishi 322-guruh talabasi

Xo'jamuratova Fotimaning Mustaqil ishi

RAJAZ VA HAZAJ BAHRI VAZNLARI

Aruzning bahrlar vazni

  • Biz shu kungacha aruz vazni,hijo,rukn kabi tushunchalarga ega bo'lib oldik. Takrorlaydigan bo'lsak,aruz vazni bizga fors she'riyati orqali arab she'riyatidan kirib kelgan.
  • VIII asrga kelib,arab olimlari orasida she'riyat va xalq og'zaki ijodi orasidagi munosabatni o'rganish,ularning muayyan qonuniyatlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug'ildi. Bu vazifa «arab filologiyasining otasi» deya e'tirof etiluvchi olim Xalil ibn Ahmad tomonidan amalga oshirildi. U aruz ilmini bir butun tizim holiga keltirdi va uning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
  • «Aruz» so'zinibg ko'plab lug'aviy ma'nolari mavjud. Adabiy istiloh sifatida ularning qay biri asos qilib olingani bizga ma'lum emas. Shunday bo'lsada,ulardan bir nechtasini sizga misol qilib keltiramiz:

1. Vodiy nomi;
2. Makka shahrining nomlaridan biri;
3. Taraf,jihat,mintaqa,yon;
4. Bulut
5. Sarkash tuya;
6. Chodirning o'rta ustuni;
7. O'lchov.
Aruz vaznini o'rganishga kirishishimiz uchun,avvalo,uning asosiy birliklari haqida ma'lumotga ega bo'lib olishimiz darkor. Aruzning asosiy birliklari hijo,rukn hamda bahrlardan iborat. Aruz nazariyasidagi hijo tilshunoslikdagi bo'g'in haqidagi bilimlarga asoslanadi. Ammo uni aynan bo'g'in deya e'tirof etib bo'lmaydi. Sababi shundaki, ba'zan birgina bo'g'in ikki hijoga teng kelib qolishi mumkin. Masalan,«qadr»so'zini oladigan bo'lsak,u bir bo'g'inli so'z. Biz bo'g'in tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa,bu o'ta cho'ziq hijo hisoblanib,unga talaffuzda bitta «i»unlisi orttiriladi. «Hech»,«dod»,«oh» kabi so'zlarda ham xuddi shunday i unlisi talaffuzda orttiriladi va bu ikki hijoga teng hisoblanadi. Hijolar uch xil bo'ladi:
a) Qisqa hijo(V):
1. a,e,i,u,o' unli tovushlari bilan tugagan ochiq bo'g'inlarimiz;
2. Qisqa hijo urg'u olmaydi(agar urg'u olsa,cho'ziq hijoga aylanadi).
b) Cho'ziq hijo(—):
1. o unlisi bilan tugagan ochiq bo'g'in
2. a,e,i,u,o' unlilaridan so'ng undosh kelsa(M: maktab,bahuruz va h.k.)
c) O'ta cho'ziq hijo (~):
1. o unlisidan keyin undosh kelsa(M: bor,zor,or va h.k.);
2. bir bo'g'in tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa(M: mehr,qadr va h.k.).

RAJAZ BAHRI VAZNI

  • Rajaz bahri. «Rajaz» so'zi ham arab cha so'z bo'lib o'zbek tilida «tezlik»,«shitob» degan ma'nolarni anglatadi.Uning ruknining nomi «mustaf'ilun» hisoblanadi. Rajaz bahrining she'riyatimizda qo'llangan vaznlari mustaf'ilun asli hamda uning quyidagi tarmoqlari takroriga asoslanadi:

Alisher Navoiy o'zining «Mezon-ul avzon» asarida ushbu bahrning 13ta vazni haqida fikr yuritib o'tgan. Biz ulardan namunalar keltirib o'tamiz:
(RAJAZI MUSADDAS)
1.Rajazi musaddasi solim:
Hajringda,ey gulchehra,behad zorman,
Qon ichra g'arqa gul kibi afgorman.
(Mustaf'ilun, mustaf'ilun, mustaf'ilun)

HAZAJ BAHRI VAZNI

  • Hazaj bahri. Hazaj bahri mafoiylun (V – – –) asliy ruknining baytdagi takroriga asoslangan bo‘lib, qo‘llanilishi jihatidan turkiy shе’riyatda ramal bahridan kеyin ikkinchi o‘rinda turadi. «Hazaj» so‘zi arabcha «yoqimli ovoz», «xushohang kuy» dеgan ma’nolarni anglatadi.
  • Hazaj bahrining asliy ruknidan tarmoq ruknlar yasaladi. Bu qanday yuz bеradi? Tarmoq ruknlar mafoiylun asliy ruknining hijolarini turlicha o‘zgartirish: tashlab yuborish, qisqartirish yoki cho‘zish orqali paydo bo‘ladi. Ushbu tarmoqlarni birin-kеtin ko‘rib chiqsak:

.Hazaji musammani solim
Hazaj bahriga doir musamman vaznlarning dastlabkisi hazaji musammani solim bo‘lib, biz ushbu vazn haqida ilk mavzularda ham gaplashgan edik. Esingizda bo‘lsa, uning taqti’yi quyidagicha edi:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Manga nе manzil-u ma’vo ayon, nе xonumon paydo,
Nе jonimdin asar zohir, nе ko‘nglumdin nishon paydo.
(«Favoyid ul-kibar», 34-g‘azal)
2.Hazaji musammani musabbag‘
Bu vazn hazaji musammani solimdan faqatgina oxirgi ruknning o‘zgarishga uchrashi (cho‘ziq hijoning o‘ta cho‘ziq hijoga almashishi) bilan farqlanadi. Taqti’yi quyidagicha:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylon
V – – – / V – – – / V – – – / V – – ~

E`tiboringiz uchun raxmat...


Download 100.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling