Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


«Ta’lim to’g’risidagi» Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiba mehnat ta’limiga oid g’oyalarning aks ettirilishi


Download 0.65 Mb.
bet2/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

«Ta’lim to’g’risidagi» Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiba mehnat ta’limiga oid g’oyalarning aks ettirilishi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasi 1997 yil 29-avgustda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu qonun va dastur ta’lim sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan bo’lib, ta’lim sohasini rivojlantirish yo’llarini belgilab bergan.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat ta’limi standarti va o’quv rejasi kabi me’yoriy hujjatlarda bugungi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan talablar o’z aksini topgan. Ushbu hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o’zida yuksak insoniy fazilatlarni mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi vazifa yetib belgilangan.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan mehnat ta’limining maqsadi o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Mehnat ta’limining vazifalari: turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish; xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to’g’risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish; mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena qoidalari asoslarini; o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari etishtirish va etishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o’rgatish, ish boshqaruv (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirib borish; o’quvchilarni bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o’rgatish, ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash; yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika, jihozlarning qo’llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda jahon tajribalariga mos holda o’rganishlarini ta’minlash; turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo’llaniladigan asbobuskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o’rgatish; o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy m
Kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini o’z rivojida shaxsning madaniyatini shakllantirish, jamiyatdagi hayotga moslashish, kasbiy va ta’lim dasturlarini bilib tanlash hamda keyin o’zlashtirish, jamiyat, davlat,oila oldidagi o’z ma’suliyatini anglab yetuvchi to’laqonli shaxsni tarbiyalash uchun huquqiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik sharoitlarni ta’minlashga qaratilgandir. Bu borada umumta’lim maktablari uchun tayyorlanadigan pedagoglarni, shu jumladan mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashni tubdan o’zgartirish zaruratini keltirib chiqardi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling