o’z navbatida izlanish metodlari 2 xil bo’ladi:
- Nazariy
-Empirik
Nazariy bilish metodlariga: analiz, sintez, modellashtirish, konkretlashtirish kiradi. Empirik bilish metodi: birlamchi va umumiy metodlarga bo’linadi. Birlamchi metodlarga – ko’zatish, ogzaki so’rov, suxbat, yozma so’rov, mutaxassislar baxsi, testlar kiradi. Umumiy izlanish metodlriiga – tashxis qilishni o’rganish, pedagogik tajribani umumlashtirish va tajriba kiradi.
34-MAVZU: Kurs va bitiruv malakaviy ishlari mavzularini tanlash, tayyorlashga qo’yiladigan talablar
Reja:
Kurs va bitiruv malakaviy ishlari mavzularini tanlash, tayyorlashga qo’yiladigan talablar.
Kurs ishini bajarish ketma-ketligi.
Bitiruv malakaviy ish mazmuni va unda qo'yiladigan muammolarni hal qilish metodikasi.
Tayanch iboralar: Kurs ishlari. Bitiruv malakaviy ishlar. Bajarish. Qo’yiladigan talablar. Nizomi. Baholash.
Kurs ishidan ko’zlangan asosiy maqsad — Texnologiya ta’limi metodikasi kursini o’rganish jarayonida tegishli laboratoriya va amaliy ishlarni bajarganda shakllangan bilim xamda uquvlarni mustaxkamlash.
Shu maqsadning to’la-to’kis amalga oshishi uchun kurs ishidagi topshiriq shunday to’zilganki, uni bajarayotganda kurs dagi topshiriq shunday to’zilganki, uni bajarayotganda kursning barcha bo’limlariga, metodik adabiyotga, maktablarning amaliy ish tajribasiga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Kurs ishining birinchi qismida konkret topshiriqqa muvofiq metodika ishlab chiqiladi, ikkinchi qismida esa praktika o’tkaziladigan maktabdagi mehnat ta’limini moddiy bazasining taxlili keltiriladi va undan foydalanish uchun maqsadga muvofiq bo’lgan takliflar kiritiladi.
Kurs ishi tushuntirish xati va chizmalarni o’z ichiga oladi. Tushuntirish xatining xajmi cheklanmaydi. U taxminan 35—45 betni tashkil etadi. Chizmalarning mazmuni konkret topshiriqlar bilan belgilanadi.
Kurs ishi birinchi va ikkinchi qismlarining mazmunini mufassalroq ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |