Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


-Mavzu:“Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar


Download 0.65 Mb.
bet46/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

15-Mavzu:“Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar
Reja:
  1. Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi (materialshunoslik, asbob-uskunalar va moslamalar, mashg'ulotlar ishlab chiqarish).


  2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (materialshunoslik, asbob-uskunalar va moslamalar).


  3. Uy-ro'zg'or buyumlarini ta'mirlash. Elektrotexnika ishlari.




Tayanch iboralar: Mashg’ulot, ishlov berish texnologiyasi, yog’ochga ishlov berish , metallga ishlov berish asbob-uskunalar va moslamalar, Uy-ro'zg'or buyumlari, Elektrotexnika


Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi bo’limi: o’quvchilar yog’ochning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiena talablari to’g’risida bilim va amaliy ko’nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro’zg’orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog’ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Metalga ishlov berish texnologiyasi bo’limi: o’quvchilar metallarning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg’or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiena talablari to’g’risida bilim, amaliy ko’nikmalarga; ro’zg’orbob hamda haridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling