Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


Mavzu: Texnologiya faniga oid metodik ishlar


Download 0.65 Mb.
bet76/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

24 Mavzu: Texnologiya faniga oid metodik ishlar
Reja:
    1. Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi fani bo’yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi.


    2. Metodik ishlarni tashkil qilish metodlari, shakllari, mazmuni va vositalari.


    3. Metodik ishlarni boshqarish tizimi.





Tayanch iboralar: Metodik ishlar, metodik xizmat, pedagogik kengash, uslubiy komissiya, metodik birlashma, pedagogik o’qish, uslubiy kengash, istiqbolli reja.


  1. Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi fani bo’yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi. Umumta’lim maktablarida ilmiy-metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun maktab rahbari ayni vaqtda ham yaxshi pedagogik, ham kasb sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo’lishi kerak. U mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-metodik ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o’rganib borishi kerak.

Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan ilmiy-metodik ishlarning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:


  • umumta’lim maktabi pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g’oyaviy saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;


  • o’quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va vositalarini takomillashtirish;


  • ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy, umumkasb va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash;


  • ilg’or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini o’rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.


Ilmiy-metodik ishlarda ishtirok etish umumta’lim maktablaridagi barcha rahbarlar, o’qituvchilar, muxandis-pedagoglar uchun majburiy bo’lib, ularning pedagogik faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.


Umumta’lim maktablaridagi metodik ishlarning mazmuni, yo’nalishi, tuzilmasi kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga muvofiq jamoaviy va individual metodik ishlar olib boriladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling