75.Tayyor echimlar sotuvchisi qanday xodim?
A) *o‘zi ishlaydigan kompaniya mahsulotlaridan xaridorlar foydalanish chog‘ida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga ixtisoslashgan mutaxassis
B) tovarni sotuvchi savdo xodimi
V) tovarni joylashtiruvchi, sotishni ilg‘or shakllaridan foydalanuvchi savdo xodimi
G) tovarni reklama qiluvchi, sotishni ilg‘or shakllaridan foydalanuvchi savdo xodimi
76. Savdo xodimlari qanday vazifalarni bajaradi?
A) *potensial xaridorlarni izlash, maqsadli xaridorlarni tanlash, kommunikatsiyalar, sotuvlar, xizmat ko‘rsatish, axborot yig‘ish, taqsimot.
B) ijtimoiy medialardan samarali foydalanishni, sotuvlar, xizmat ko‘rsatish, axborot yig‘ish, taqsimotni talab qiladi
V) onlayn hamjamiyatlar va forumlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanishni talab qiladi
G) kompaniya tovarlari va brendlariga taalluqli aniq masalalar bo‘yicha bahs-munozaralarni talab qiladi
77. Bevosita marketingning asosiy kanallariga nimalar kiradi?
A) *shaxsiy sotuvlar, bevosita pochta orqali takliflar yuborish, kataloglar, telemarketing, interfaol televidenie, kiosklardan foydalanilgan holdagi marketing, veb-saytlar va mobil uskunalar orqali sotish.
B) telemarketing, interfaol televidenie, kiosklardan foydalanilgan holdagi marketing, shaxsiy sotish, sotishni ilg‘or shakllaridan foydalanish
V) intensiv sotish, saylanma sotish, eksklyuziv sotish, telemarketing, veb-saytlar va mobil uskunalar orqali sotish, kiosklardan foydalanilgan holdagi marketing.
G) bevosita pochta orqali takliflar yuborish, kataloglar, telemarketing, interfaol televidenie, veb-saytlar va mobil uskunalar orqali sotish.
78.Sotish jarayoni necha bosqichdan iborat?
A) *6
B) 7
V) 8
G) 5.
79. Sotish jarayoni bosqichlariga nimalar qiradi?
A) *potensial mijozlarni izlash va baholash, aloqaga tayyorgarlik ko‘rish, taqdimot va namoyish, e’tirozlarni bartaraf etish, bitim tuzish, xaridorni kuzatib borish.
B) e’tirozlarni bartaraf etish, bitim tuzish, xaridorni kuzatib borish.
V) tovarlarni qabul qilish, namoyish qilish, axborot to‘plash
G) tovarlarni ortish, tushirish, qabul qilish, joylashtirish, bitim tuzish, xaridorlarni kuzatish.
80. Xolistik marketingni boshqarishda nimalar inobatga olinadi?
A) *o‘zaro munosabatlar marketingi, integratsiyalangan marketing, ichki marketing, ijtimoiy ma’sul marketing
B) ichki marketing, eksport marketingi, innovatsion marketing, taassurotlar marketingi, logistik marketing
V) logistik marketing, neyromarketing, o‘zaro munosabatlar marketingi, taassurotlar marketingi, ichki marketing
G) xalqaro marketing, amaliy marketing, tarmoqlar marketingi, yashil marketing, empirik marketing, mobil marketing.
Do'stlaringiz bilan baham: |