22. Bozorni demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha segmentlashda nimalar e’tiborga olinadi?
*a) iste’molchilar yoshi, jinsi, oila hajmi, oilaning hayotiy bosqichi
b) faoliyat turi, millati, dini, hududi, aholi soni, tovarga bo‘lgan munosabati
v) daromadi, ma’lumoti, jinsi, tovarga bo‘lgan munosabati, aholining yoshi, zichligi
g) hududi, aholi zichligi, xulq –atvori, yoshi, jinsi, millati
23. Bozorni ijtimoiy–iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha segmentlashda nimalar hisobga olinadi?
*a) faoliyat turi, ma’lumoti, dinga munosabati, millati, daromadi
b) hududi, aholi zichligi, rivojlangan hudud ekanligi, daromadi
v) yoshi, jinsi, hayotiy bosqichi, rivojlanayotgan hudud ekanligi
g) viloyat, hudud, shahar, aholi zichligi, dinga munosabati, hayot tarzi
24. Bozorni segmentlashni kengaytirish deganda nimani tushunasiz?
*a) tovarni belgisi va ishlatilishiga qarab xaridorlar guruhini kengayib borishini aniqlanishi
b) tovarni ishlatilishiga qarab tor doiraga moslashishi va kengayishi
v) tovarni iste’molchi guruhiga mos kelishi, tovar sotib olish qobiliyatini kengayishi
g) tovarni sanoat iste’molchilari guruhiga mos kelishi, unga mos sanoat tovarlarini sotib olishning kengayib borishi
25. Segmentlashni chuqurlashtirish deganda nima tushuniladi?
*a) kengroq guruhli iste’molchilarni boshqa belgilariga qarab, tovarni sotib olish xususiyatlari bo‘yicha yana mayda guruhlarga bo‘linishi
b) bozorni hududlar bo‘yicha bo‘linishi, avvalgi olingan ma’lumotlarga tayanishi, konsentratsiya strategiyasidan foydalanishi
v) xaridorlar guruhini kengayib borishi, fokuslash strategiyasidan foydalanishi
g) bozor imkoniyatlariga mos segment aniqlanadi, differensiatsiya strategiyasidan foydalanishi
26. Korxonaning tovar siyosatining maqsadi nimadan iborat?
*a) aniq ehtiyojni qondirishga qaratilgan tovarni bozorga taklif etish
b) innovatsiya siyosati, tovarning iste’mol qiymatini oshirish
v) assortiment siyosati, iste’mol tovarlarining turkumlanishi, yangi tovar ishlab chiqarish
g) tovar strategiyasini ishlab chiqish, tovar nomenklaturasini kengaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |