Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
716 – 20-GURUH TALABASI
Xomidov Muzaffarning
“Geoaxborot texnologiyalari”
FANIDAN BAJARGAN
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
FARG’ONA – 2023-yil


Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan dasturiy ta’minotlar
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga
boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat:
1. Pulli dasturlar. Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI
kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional,
AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, Bentley Map,
Erdas Imagine kabilar kiradi.
2. Ochiq kodli dasturlar. Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga
Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, MapWindow GIS,
SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, TerraView, Whitebox GIS kiradi.
ArcView dasturiy tizimi. ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib, bu
dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida yaratildi
va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. ArcView
kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur
hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum hudud boʻyicha
tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va tahlil qilish
uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu
dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va boshqaruv, ijtimoiy
soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish va ekologiya, transport
va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda boshqa sohalardir.
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham
tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar
bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida kiritish
imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish
kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish
sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va u
yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan hamda ishlash tezligi
ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:
 kartalarni yaratish va tahrir qilish;
 kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
 mavzuli kartalar yaratish;
 geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;
 geokodlash;
 ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;


 karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish.
ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish
mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga
tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni
tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Oʻzlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun tushunarli
va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish berilgan boʻlsa
ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib, bazaviy ma’lumotlar
bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini oʻzlashtirish uchun bazaviy
ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish lozim.
2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish
mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar.
3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning oʻzida
tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati mavjud,
hatto bir oynada ma’lumotlarni oʻzgartirish natijasida avtomatik ravishda boshqa
oynalarda ham oʻzgarish kuzatiladi.
4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Koʻrilayotgan dasturda rastr ma’lumotlarini
ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bogʻlash yetarli darajada sodda
keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta koordinata nuqtalarini
bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini burish va choʻzish
imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur foydalanuvchilari
tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud.
5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval
koʻrinishidagi ma’lumotlarni har xil koʻrinishda koʻrsatish imkoniyatini beradi.
Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va
boshqalarni masshtablangan usulda koʻrish mumkin. Kartada ma’lumotlarni
tasvirlashda foydalanuvchi raqam koʻrinishidagi ma’lumotlarni emas, balki uning
orqasida turgan kartani koʻradi.
6.
Geoaxborot 
tahlil 
vositalari. 
ArcView 
dasturida 
bufer
(loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini
shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va oʻzgartirish, grafik tahrirlash va boshqa
imkoniyatlarni beradi. Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va
saqlash, rang berish va parametrlarga bogʻliq holda geografik obyektlarni
rasmiylashtirish imkoniyatiga ega.
7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni tezkor
tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega.


8. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli koʻrinishdagi
printer qurilmalaridan karta boʻlagi, jadval, grafik va yozuv koʻrinishidagi hisobotlar
hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali xulosa nashrga
beriladi.
9. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va
Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha
tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga
uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tizimlar
orqali ham qabul qilinadi.
10. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan
biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan
chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash
mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri ochish
mumkin.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling