Xona o‘simliklarini parvarish qilish usullari
Download 26.04 Kb.
|
XONA O\'SIMLIKLARINI PARVARISH WILISH
Oʻsimliklar kasalliklari — oʻsimliklarda turli sabablar — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organizm funksiyasi (fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.
Oʻsimliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Mas, viltning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan yillari paxta hosili 20—25% ga, baʼzi hududlarda 60—80% gacha kamayishi mumkin. Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplari (patografik tasnif), zararlangan oʻsimliklar (oʻsimlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi sabablar (etiologik tasnif) boʻyicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida Oʻsimliklar kasalliklari yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga ajraladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining buzilishi, xususan, makroelementlar — azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki ortib ketishi); oʻsimliklarga yuqori yoki past traning taʼsiri, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid taʼsirida barglarning kuyishi va toʻkilishi); tuproqqa solinadigan baʼzi gerbitsidlar qoddigʻi taʼsiri; noqulay yorugʻliq rejimi (xususan, issiqxonalar va parniklarda yorugʻlikning yetishmasligi, oʻsimliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab boʻlishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); baʼzi zamburugʻlar (Gʻivagsht, Vo1guSh va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak oʻsimliklar tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab boʻlishi mumkin. Yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga oʻsimliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, soʻlish, pakanalik, gʻumbaklanish, proliferatsiya — toʻqimalarning oʻsib ketishi); oʻsimliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (oʻsimliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); oʻsimlik zamburugʻli kasalliklari yoki mikofitozlar (oʻsimlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, ragʻa, fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga oʻsimliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin. Oʻsimliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, oʻsimlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bogʻliq (qoʻzgʻatuvchi kasal oʻsimlik ichida yoki tashqarasida koʻpayadi; infeksiya elementlari havo, yomgʻir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yoʻllar bilan tarqalib, oʻsimliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari. Oʻsimlikda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari poʻkaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan birgalikda oʻlik hujayralarga aylanadi va h.q. Oldini olish tadbirlar i: ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlikni dorilash va h.k.dan iborat. Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi. Oʻsimliklar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtmasligi uchun karantin qoʻllaniladi (qarang Fitopatologiya, Oʻsimliklarni himoya qilish tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim Oʻ. (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻ.ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma Oʻ.ga tegishli emas. Lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi. Oʻ.ning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻ. tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq. Anʼanaga koʻra, 20-asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻ. dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak Oʻ.ga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha Oʻ.ni oʻz ichiga oladi. Oʻ.ning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 mlrd. yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak Oʻ. — riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli Oʻ. (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan. Oʻ. Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini Oʻ.siz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan Oʻ. anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda Oʻ. atmosferadan S02gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil Oʻ. atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻ. organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi Oʻ. turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻ.ning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilmaxilligini belgilab beradi. Foydalanilgan adabiyotlar Yaxontov V . V ., Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, T., 1953; Selskoxozyaystvennaya entomologiya, M., 1976; Pospelov S.M., Oʻsimliklarni himoya qilish, T., 1978; Oʻzbekiston Respublikasida ishlatish uchun ruxsat etilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxati, T, 2003. . Mavlonova R.A, Sanakulov X.R, Xodiyeva D.P “Mehnat va uni o‘qitish metodikasi” 0 ‘quv qo‘llanma. 2007yil TDPU. . X.Sanakulov, D.Xodiyeva “Boshlang‘ich sinflarda qog'ozdan amaliy ishlar” metodikqo'llanma 2012 yil T.'.IpakyoMi poligraf, 2012. Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling