«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
Klinik belgilari. Yuza joylashgan gematomalarda, shikastlanishdan keyin har xil kattalikdagi yarim oysimon shaklda flyuktasiya beruvchi shish hosil bo‘ladi,teri taranglashadi, og‘riydi, tirnalgan, ba’zida pulsasiya beradi. 4-5 kundan keyin shishning markazida flyuktasiya kuzatilib, pastki tomonida fibrinozli g‘ijirlash, chegarasida to‘qimalar yarim aylana shaklida qattiqlashgan, og‘riq bo‘lmaydi. Gematoma chuqurda joylashsa taranglashgan shish paydo bo‘lib, chegarasi bilinmaydi, og‘riq kam seziladi. Diffuzli gematoma bosh miyada kuzatilsa – falajlanishlar, pararektalda-defekasiya akti buziladi.
Davolash. Terini antiseptik eritmalar bilan yuvgandan keyin 24 soat davomida quruq sovuq qo‘llaniladi, (bunda) rezina idishga suvga muz, qor qo‘shib shikastlangan joyga qo‘yiladi (qisuvchi bog‘lamlar). Teri ostida kattaroq gematoma bo‘lsa, sterillangan igna yordamida qon so‘rib olinadi, bo‘shliqqa antibiotikli-novokain (0,5%) eritmasi yuboriladi, bir kunga qisuvchi bog‘lamlar qo‘yiladi. 2-3 kundan keyin tomirlarda tromb hosil bo‘ladi. Kichikroq gematomalarda issiq muolajalar, bug‘lash, Sollyuks lampasi, parafinli applikasiya qo‘llanilsa gematomada surilish tezlashadi. Keng gematomalarda bu usul yaxshi natija bermaydi. Bunday holda vaqti-vaqti bilan qon so‘rib olinib, antibiotikli novokain yuborib, qisuvchi bog‘lamlar qo‘yish maqsadga muvofiq. Keng tarqalgan gematomalarni 4-5chi kuniga borib, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinib, operativ usulda kesib ochiladi (tomirlarni qaytadan yormaslik uchun ehtiyot bo‘lish kerak). Bo‘shliqni 1:5000 furasilin eritmasi bilan yuvib, bakteriosid, bakteriostatik (trisillin) kukun sepiladi. Jarohatga to‘liq yoki qisman chok qo‘yilib, suyuqlik erkin oqib chiqishi ta’minlanadi. Diffuzli yoki pulsasiyalanuvchi gematoma bo‘lsa,zudlik bilan operasiya o‘tkaziladi, qon oqayotgan tomir topiladi. 24-48 soatga gemostatik pinset qo‘yiladi, yoki ligatura qo‘yib bog‘lanadi. Jarohatga yumshoq qilib, antiseptik eritmaga botirib dokali drenaj qo‘yiladi. Drenaj va gemostatik pinsetni olib tashlagandan so‘ng, jarohatni davr va bosqichlariga qarab davolanadi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling