Xorazm Ma'mun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida g'o'zaning yangi "Niyat" navi yaratilgan edi


Download 8.1 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi8.1 Kb.
#146168
Bog'liq
seleksiya yutuq yangi nav


Xorazm Ma'mun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida g'o'zaning yangi "Niyat" navi yaratilgan edi.

Ushbu nav tolasining texnologik ko'rsatkichlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi "Agrosanoat majmuida xizmat ko'rsatish markazi" unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilindi.

Laboratoriyaga 2018 yilda yetishtirilgan paxta hosilidan tola namunalari yetkazib berildi. Paxta tolasi namunalari sifat ko'rsatkichlari laboratoriyada HVI tizimi orqali sinovdan o'tkazildi.

Tahlillarning ko'rsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qo'yilgan talablarga javob beradi. Niyat g'o'za navini 2019 yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi.



Intellektual mulk agentligi tomonidan Ma'mun akademiyasiga NAP 00205-raqamli o'simlik navi uchun patent berildi, ushbu nav mualliflari D. Akkujin, Sh. Kadirov, I. Abdullaev, F. Jumaniyazov, U.Abduraximov, R. Masharipova, B. O'rinovlardan iborat.
Download 8.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling