Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 137 Kb.
bet1/12
Sana06.11.2021
Hajmi137 Kb.
#170940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qiziqarli-matematikakitobcha


Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Psixologiya, pedagogika, maktabgacha va boshlangich ta’lim kafedrasi.



(boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun)

Matematika –aniq va jiddiy fan.Matematika naqadar qiziqarli fan.

Har kuni matematik hisob-kitoblarga duch kelamiz.Inson qanaqa kasb egasi bo’lishidan qat’i nazar u albatta matematikaga murojaat qiladi.

Umumta`lim maktablarida o`qitish, ta`lim-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash, jumladan, matematika fanidan darsda olingan bilimlarni mustahkamlash, ko`p jihatdan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarga bog`liq. Ushbu risola orqali sizga matematikadan bilimlarimizni mustahkamlash maqsadida bir birimizga o`zaro qiziqarli matematik boshqotirmalar, masalalar va qiziqarli savol javoblarni taqdim etishimiz va ularga javob berishimiz mumkin!

Shunday ekan, matematikani, o’rganishimizga to’g’ri keladi.To’garak mashg’ulotlari, viktorina, bahs-munozara, turli matematik kecha va o’yinlar o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini nihoyatda oshiradi.Bunday sinfdan tashqari tadbirlar o’quvchilarning o’rgangan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali mustahkamlaydi va ularning xotiralarida uzoq saqlanib qoladi.

   Matematika  darslarida  didaktik  o'yinlardan  foydalanish  o'quvchilar  zehnini  o'stirish, tez  hisoblash  ko'nikmalarini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega. Dam  olish  daqiqalarida  og'zaki  topshiriqlar  aytib, o'quvchilar  faolligini  oshirish  mumkin.

       Matematika – eng ko’hna fanlardan biri. Matematika yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Shu sababli bu fan qadimdan maktablarda o’qitilib kelingan.Mantiqiy mushohada, fazoviy tasavvur, abstrakt tafakkur inson faoliyatining barcha sohasi uchun zarur qobiliyatki, bular matematikani o’rganish jarayonida shakllanib boradi.

         Matematika fani nimani o’rganadi? Bu savolga osongina, qisqa va to’liq javob bera olmaymiz. Endigina maktabga qadam qo’ygan boshlang’ich sinf o’quvchisi matematika narsalarni sanash qoidalarini o’rganadi, desa, yuqoriroq sinf o’quvchilari esa bunga qo’shimcha qilib, matematika tushunchasiga algebra va geometrik shakllar, jismlar, har xil almashtirishlarni o’rganish kiradi, deydi. Maktab bitiruvchilari esa matematikani funksiyalar, hosila va integral bilan bog’lashadi. Oliy o’quv yurtlari talabalari-chi? Ular matematikani uning tarkibiga kirgan sohalar: ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, differensial tenglamalarni o’rganish deb tushunishadi. Bular ham matematikaning to’liq mazmunini qamramaydi, ya’ni matematikani uning tarkibiy qismlarini sanash yo’li bilan ta’riflash bizni chalg’itadi.  Matematika real dunyodagi narsalarni emas, abstrakt tushunchalarni o’rganadi, uning mantiqiy xulosalari mutlaqo qat’iy va aniqdir.

        Matematikaning istalgan tushunchasi amaliy ehtiyojdan kelib chiqqan va asta-sekin abstrakt tushunchalarga aylangan.

        Bizning mamlakatimizda ham barcha fanlar singari matematika faniga e’tibor katta.Matematika olimpiadalarining o’tkazilishi, matematika instituti va yozgi matematika maktablarining tashkil qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.

         Matematikani o’rgatishda uning go’zal va qiziqarli ekanligini o’quvchilarga yetkaza olishimiz kerak.  Darslarni  yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tish, turli matematik o’yinlar, qiziqarli masalalar, matematik ermaklardan foydalanish bunda asosiy o’rinda turadi. Matematika darsliklarida misol va masalalarga ko’p e’tibor beriladi. Chunki murakkab mavzu ham bir necha mashqdan so’ng mustahkamlanadi, osonlasha boshlaydi. Lekin ketma-ket mashqlar matematikaning jozibasini susaytirishi mumkin. Matematikadagi go’zallik va nafosatni his qilish uchun fanning barcha tomonlarini o’quvchiga yetkazish kerak.Shuning uchun ushbu uslubiy qo’llanmada matematikaning ko’hna, go’zal va qiziqarli ekanligi ko’rsatilgan.

           




Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling