Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 137 Kb.
bet3/12
Sana06.11.2021
Hajmi137 Kb.
#170940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qiziqarli-matematikakitobcha

Javob: 61 ta

7. Bir bog'bonning 10 ta ko'chati bor edi. Ularni 5 ta qatorga 4 tadan ekdi. Qanday qilib? Javobi chizma orqali




8. Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini qo`shsak , 18 hosil bo`ladi. Savol: Men qanday son o`ylabman?


Javob: 24.
Yechilishi: x/2+x/4=18  Umumiy mahraj beramiz. 4 -  umumiy mahraj.

              2x+x=72


                   3x=72
                    x=24

9. Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi?

Javob: 22 marta
10.  Podshohning ikki maslahatchisi bor ekan: Ali va Vali. Bir kuni podshoh ularning qaysi biri aqlliroq ekanligini sinab ko'rmoqci bo'libdi. Podshoh maslahatchilariga aytibdi: "Men ikki musbat butun son o'yladim. Ularning ko'paytmasi 60 dan kichik. Ko'paytma nechaligini faqat Aliga, u sonlarning yig'indisini esa faqat Valiga aytaman", debdi-yu, Alining qulog'iga ko'paytmani, Valining qulog'iga esa yig'indini aytibdi. "Shu sonlarni toping", debdi podshoh. Birinchi bo'lib, Ali "Men bu sonlarni topolmayman", deya tan olibdi. Shunda Vali "Men ham avval ulrni topolmas edim, lekin Alining topolmaslikka tan berganidan keyin, endi men ularni topdim", debdi. "Unday bo'lsa, men ham endi ularni topdim", debdi Ali. Podshoh ikkala maslahatchining ham donoligiga tan bergan ekan.

  Qani Siz ham shu sonlarni topishga harakat qilib ko'ringchi? Ehtimol podsho sizga ham qoyil qolar.


11. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on? 

12. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?

13. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
   Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang. 
14. Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?

Javob: 111-11=100


15. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

Javob:8


16. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko`rsatadi?

Javob: buzuq soat

17. 10 sonini shunday ikkita songa ajratingki ularning ayirmasi 5 bo`lsin. Javob: 7.5-2.5=5

18. Qanday 3ta sonning yig`indisi ularning ko`paytmasiga teng?


Javob:1,2,3 va -1,-2,-3

19. Uchi chiqarilmagan qalamning necha yog`i bor?

Javob: 8ta
20. Shilliqqurt 10 m lik yog'ochga chiqmoqda. U har kuni kunduzi 1 m yuqoriga chiqadi va kechgacha 0,5 m pastga tushadi. Savol: u necha kundan keyin yog'ochning ustiga chiqadi?

Javob: 15 kunda manziliga etadi.


21. 1 dan 100 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?
Javob: 100 =1*2*3*...*99*100 ifoda 24 ta nol bilan tugaydi.

22. 1 dan 1000 gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?


Javob: 1000=1*2*3*...*999*1000 ifoda 249 ta nol bilan tugaydi.
23. 1 dan N gacha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi
Javob: N =1*2*3*...*(N-1)*N ifoda
X=[N/5]+[N/25]+[N/125]+[N/625]+...+[N/5n]+...
X ta nol bilan tugaydi. Bu yerda:
N! - N faktorial, ya'ni 1 dan N gacha bo'lgan natural sonlarning ko'paytmasi.
[A] - A sonning butun qismi; Masalan, [7,6]=7
Yuqoridagi formulada maxrajda 5 ning darajalari keladi va u N dan katta bo'lib ketguncha davom ettiriladi.

Masalan, 2-misolning yechimi quyidagicha topiladi:


X=[1000/5]+[1000/25]+[1000/125]+[1000/625]=200+40+8+1=249.

Ishni 54 bilan to'xtadik, chunki 55=3125 va u 1000 dan katta.


24. Uzunligi 36 metr bo`lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Sotuvchi chitni necha marta kesgan?
36 m lik materialni o'rtasidan bir buklab, qirqamiz -->1 marta buklash. U 18 m lik ikki bo'lakka ajraydi. Endi har ikkala 18 m lik bo'lakni o'rtasidan buklaymiz va qirqamiz --> 2 marta buklash. 4 ta 9 m lik material hosil bo'ladi. Endi har bir 9 m lik materialni ikki buklash orqali, ya'ni ---|---|--- shaklida 3 m lik bo'laklarga ajratamiz --> 8 ta buklash.

Umumiy javob, 1+2+8=11 marta buklanadi.

25. Birinichi matematik ayol kim va u qachon yashagan?
Javob: Birinchi matematik ayol Gipatiya eramizning V asrida yashagan
26. Birinchi "Hisoblash markazi" kim tomonidan va qayerda tashkil qilingan?

Javob: Mirzo Ulug`bek tomonidan Samarqandda tashkil qilingan!

27. Hozir biz foydalanayotgan raqamlar qanday raqamlar va ularni biz nega arab raqamlari deb ataymiz?

Javob: Hozir biz foydalanayotgan raqamlar hind raqamlari va ularni yevropa va osiyoga arablar tarqatishgan shuning uchun biz ularni arab raqamlari deb ataymiz!


28. Bir kilometr  bir metrdan ming marta katta bo`lsa, 50 kilometr 50 metrdan necha marta katta bo`ladi.

Javob: 50 kilometr 50 metrdan 1 000 000 marta katta ekan...


29. Bir tayoqning ikkita uchi bo`lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bor?

Javob: 4 ta


30. Bir bola yigirmadan yigirma ikkini ayirib sakson sakkiz chiqardi. U amalni qanday bajargan?


Javob: Adashmsam, u bola 20 ni Rim raqamida yozgan: XX - 20. 22 ni esa oddiy arab raqamida yozgan va ustun shaklida ayirsak:
XX
-  22
 88


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling