Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar


Download 199.5 Kb.
bet6/25
Sana17.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1097623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
9-sinf ona tili

Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
1. Qaysi bog‘lovchilar qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi?
A) ayiruv bog‘lovchilari B) zidlov bog‘lovchilariC) biriktiruv bog‘lovchilari
D) bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar
2. Ayiruv bog‘lovchilaridan qaysi biri yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanishi mumkin?
A) goh…, goh B) dam…, dam C) yo…, yo D) ba’zan…, ba’zan
3. Ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gap berilmagan qatorni toping.
A) Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi.
B) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o‘zini bilmaslikka soladi.
C) Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi.
D) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.
4. Tarkibida ayiruv bog‘lovchisi mavjud bo’lmagan gapni toping.
A) Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi.
B) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.
C) Yo urug‘ aynigan, yo agrotexnika qoidalari buzilgan.
D) Ba’zan o‘qishdan charchagan kezlarimda, qishloqqa – ota-onam huzuriga borib turaman.
Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etuvchi bo‘lsa, esa so‘zlarining gapda joylashish o‘rnini ko‘rsating.
A) qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi B) gap boshida keladi
C) qiyoslanuvchi bo‘lakdan oldin keladi D) bo‘lsa, esa so‘zlarining ishlatilish o‘rni erkin
2. Bo‘lsa, esa so‘zlari o‘rnida zidlov bog‘lovchilari qo‘llanganda gapda qanday o‘zgarish kuzatiladi?A) hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi
B) zidlov bog‘lovchisi qiyoslanuvchi bo‘lakdan oldinga o‘tadi
C) zidlov bog‘lovchisi qiyoslanuvchi bo‘lakdan keyinga o‘tadi
D) bu so‘zlarni almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi
3. Qaysi so‘zlar bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi?
A) bo‘lsa, esa B) va, hamda C) ammo, lekin D) -u, -da

4. Qo‘shma gaplar o‘zaro qiyoslanib bog‘langanda, qiyoslanuvchi bo‘lakdan keyin qaysi so‘zlar qo‘llanishi mumkin?A) go‘yoki B) bo‘lsa C) esa D) B va C


Mustahkamlash
1. Biriktiruvchi bog‘lovchi orqali bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi.
B) Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim.
C) Bu sohaning ustasi o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘ladi.
D) Mashina to‘xtadi-da, undan bir kishi tushdi.
2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi.
B) Nodon mol-dunyo yig‘adi, aqlli odam bo‘lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi.
C) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi.D) Mashinaning nuqsoni bo‘lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog‘i yasaladi.

Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling