Xorazm viloyati xtxqtmohm “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`lim metodikasi ”kafedrasi o`qituvchisi S. Qozoqova va Sh. Kenjayevlar tomonidan tayyorlangan “Ta`limda steam texnologiyasini qo`llash ”nomli metodik tavsiyasiga taqriz


Download 20.4 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1081766
Bog'liq
metodik taqriz


Xorazm viloyati XTXQTMOHM “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`lim metodikasi ”kafedrasi o`qituvchisi S. Qozoqova va Sh.Kenjayevlar tomonidan tayyorlangan “Ta`limda STEAM texnologiyasini qo`llash ”nomli metodik tavsiyasiga
TAQRIZ

Respublikamizda Davlat ta'lim standartlarini zamonaviylashtirish va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha faol harakatlar mamlakatimiz ta'lim tizimiga STEAM ta’limiy usullarni joriy etish masalasini aktuallashtirmoqda. Buning uchun O‘zbekistonda zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 2018–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Hujjatda yangi davlat ta'lim standartlari va umumiy o‘rta ta'limning o‘quv dasturlari, shu jumladan STEAM ta’limiy usullari takomillashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish lozimligi ko‘rsatilgan.


Ta'limning barcha darajalari uchun STEAM o‘qituvchilarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, ta'lim muassasalarida tegishli infratuzilma bilan ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu texnologiya aniq fanlar va tabiiy fanlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi, alohida fanlar sifatida emas, balki ushbu sohalarda bilimlarni integratsiyalashgan holda qo‘llashni talab qiladigan vazifalarni qo‘yadi.
STEAM ta’limiy yondashuvi yuzasidan ishlab chiqilgan mazkur metodik tavsiya 37-betdan iborat bo`lib bunda, O‘zbekistonning innovatsiya yo‘lidagi strategik yo‘nalishini hisobga olgan holda, milliy ta'limda mutlaqo yangi yondoshuvlarni shakllanishga qaratilgan.
Metodik tavsiyadan umumiy o`rta ta`lim maktablari texnologiya fani darslarida, oliy ta`lim muassasalarida mutaxassislik fanidan dars mashg`ulotlarida hamda malaka oshirish kurslarida foydalanish mumkin.
Urganch davlat universiteti
Texnologik ta`lim” kafedrasi katta o`qituvchisi: Z.Ro`zmetova
Xorazm viloyati PYMO‘MM “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi ”kafedrasi o‘qituvchisi S.Qazoqova tomonidan tayyorlangan “Xalq hunarmandchiligini (yog‘och o‘ymakorligi) o‘rgatish”nomli metodik tavsiyasiga
TAQRIZ

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach barcha sohalar qatori xalq hunarmandchiligini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hunarmandchilik davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanib hunarmandlarga o‘z hunarini rivojlantirish va kengaytrish uchun davlat tomonidan keng imtiyozlar berilmoqda.


Yo‘goch o‘ymakorligi o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bo‘lib, qadimgi Sharqda antik dunyo mamlakatlari arxitekturasida keng ishlatilgan.
Ushbu metodik tavsiya umumta’lim maktablari texnologiya fani dars mashg‘ulotlarida va darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga yog‘och o‘ymakorligini sir asrorlarini o‘rgatish maqsadida muhim manba sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib unda yog‘och o‘ymakorligi tarixi, maktablari, yog‘och turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘goch o‘ymakorligida ishlatiladigan ishchi va o‘lchov asboblari, materiallar va ularning turlari, o‘yma tayyorlash usullari, o‘ymakorlikda texnika xavfsizlik qoidalari va boshqalar yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur metodik tavsiya 32-varaq 12-banddan iborat bo‘lib texnologiya fani dars mashg‘ulotlari va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘qituvchilar uchun dars va to‘garak mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil qilishlari uchun metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari


ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Sh.Kenjayev
Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling