Xorazmda istiqlolchilik harakati


Dehqonlar yurishi va Xiva qamali


Download 63.42 Kb.
bet3/8
Sana03.06.2024
Hajmi63.42 Kb.
#1854353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzabahromov Ilhombek kurs ishi 3 (1)

1.2 Dehqonlar yurishi va Xiva qamali

923-yil dekabrda Pitnak, Hazorasp, Bogʻot, Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarshi dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlanib ketdi. Qoʻzgʻolonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva shahri ustiga yurish boshladilar. Qoraqumda turgan Junaydxon qoʻshinlari ham gʻarb tomondan, bir vaqtning oʻzida shaharga qarab harakat boshladi. 1924-yil 10-yanvardan boshlab Junaydxonning 15 ming kishilik otliq va piyodalardan iborat qoʻshini Xivani qamal qilishga kirishgan. 16-yanvarda Xorazm SSRda harbiy holat joriy qilindi. Qizil armiya qoʻmondonligi zudlik bilan Xorazmga katta miqdordagi harbiy kuchlarni joʻnatgach, 1924-yil fevral oyining boshlarida xalq qoʻzgʻoloni bostirildi va bolsheviklar davlatning yangi jazolash (qatagʻon) organlarini tashkil qilishdi. 1924-yil 20-fevralda sovet prokuraturasi tuzildi. Shuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham tashkil qilindi. Bu davrda harbiy tribunal va Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) faoliyati yanada kuchaytirildi. Bu jazolash organlari kommunistik mafkurani tan olmagan har qanday kishilarni qatagʻon qilishni avj oldirdi.



1.3 Xorazm SSRning tugatilishi

Butun Xorazm xalq vakillarining 5-qurultoyi (1924-yil 29-oktabr–2-noyabr) Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish munosabati bilan Xorazm SSR tugatilishini eʼlon qildi. Xorazm SSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. Xorazm SSRning qolgan hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida)ga qoʻshildi. 1924-yil 23-noyabrda Xorazm SSR MIK va 30-noyabrda Xalq Nozirlar Shoʻrosi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.


Xorazm SSRning tugatilishi Xorazm XSR davlat boshqaruvi jihatidan xalq demokratik respublikasi hisoblangan. Xorazm XSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy boshqaruv organi, Butun Xorazm xalq vakillari qurultoyi, qurultoylar oʻrtasida — Xorazm XSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi hisoblangan. Ijro qiluvchi oliy organ (hukumat) — Xorazm Xalq Nozirlar Shoʻrosi sanalgan. Biroq, asosiy hokimiyat Xorazm XSRda turgan sovet Rossiyasi va SSSRning turli favqulodda organlari qoʻlida boʻlgan.




Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling