Xorazmiy izdoshlari
Download 22.14 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Matematika fanidan “Xorazmiy izdoshlari” matematik bellashuv ishlanmasi. O’yinni o’tkazish tartibi: 2 ta guruhdan 10 tadan o’quvchi tanlanadi.Ular 10 ta shart bo’yicha bellashadilar. Shartlar: 1. Тanishtirish,guruh nomiga izoh berish. 2. Bir lahzalik savoljavob. 3. Matematik formula yozish. 4. Хo’p (topish) o’yini. 5. Har sohadan bir shingil. 6. So’zdanso’z yasash o’yini. 7. Тafakkur durdonalari. 8. Zukkolar boshqotirmasi (krassvord ishlanadi). 9. Ko’rgazmalar tanlovi. 10.Matematik olimlar hayotidan 7 ta malumot. 1 shart bo’yicha har bir o’quvchi o’zlarini tanishtiradi va guruhiga nima sababdan bu nomni tanlaganliklariga izoh beradi. 2. Bir lahzalik savoljavob guruh. Bu shartda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. 1. Berilgan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar to‘plami nima deb 1 guruh: ataladi? (Aylana). ega). 2. Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi nima deyiladi? (Doira). 3. Doira bilan aylananing farqi nima? (Aylana uzunlikga doira yuzaga 4. Butunning teng bo‘laklari nima deb ataladi? (Ulushlar) 5. Ikkita son va bitta chiziq yordamida yoziladigan son qanday son deb ataladi? (Kasr son) 6. Kasr so‘zi qanday manoni bildiradi? (Bo‘lak) 7. Bir sutkaning 8 dan 3 qismi necha soat?(9 soat). 8. Kubning necha qirrasi bor? (12 ta). 9. Nomalum qatnashgan tenglik nima deb ataladi? (tenglama) 10. Faqat sonlardan tuzilib amal ishoralari, qavslar bilan birlashtirilgan yozuv … deyiladi. (sonli ifoda) 2guruh: 1. Hajm o’lchov birliklarini ayting. 2. O’nli kasr deb nimaga aytiladi?(Mahraji 10 ning darajalaridan iborat kasr) 3.Vatar nima? 4. Тenglamaning ildizi nima? (Тenglamaning to’g’ri tenglikka aylantiruvchi son). 5. Bir oilada 6 ta qiz bor, ularning har birini 1 tadan akasi bor. Oilada hamasi bo’lib nechta farzand bor? (7 ta). 6. Yilning 6 dan 5 qismi necha oy? (10 oy) 7. Aylana bilan doiraning farqi nima? (Doiraning yuzi bor, aylananing uzunligi). 8. To‘g‘ri to‘rtburchakning hamma tomonlari uzunliklarning yig‘indisi uning … deyiladi. (perimetri) 9. 103 nechaga teng? (1000). 10. Eng sodda geometrik shakl nima? (Nuqta). 3shart. Matematik formula yozish. Bunda har bir komandadan bittadan o’quvchi chiqadi va 1 minut ichida qaysi guruh ishtirokchisi ko’p formula yoza olishi aniqlanadi. 4shart: Хo’p o’yini. Bunda guruhlardan 2 tadan ishtirokchi chiqib, sonlarni tartib bilan aytadilar va 3 karrali soni o’rniga “xo’p” deyiladi. Agar komandalardan bir ishtirokchi chiqsa, 3 karrali bo’lgan son o’rniga “Хo’p” deyiladi. Agar 100 gacha yetib borsalar g’olib hisoblanadi. 5shart: Har sohadan bir shingil. Guruh ishtirokchilariga 10 ta turli sohaga oid savollar beriladi. 1guruhga: 1. Bor ajoyib qadrdonim. Shirin so’zli, bilim konim, Yoshlikni ko’zlaydi u, Qo’lga olsam so’zlaydi u (Kitob) 2. Qaysi songa 10 ni qo’shgach, 10 ga bo’lsak 9 chiqadi. (80) 3. Qirg’oq bilan suv o’rtasida nima bor? (bilan bog’lanuvchisi) 4. Odamda nima bo’lmasa, nimali bo’lmasa, nima qilmasa yasholmaydi? (Hunari, ilmi bo’lmasa, mehnat qilmasa) 5. Beshta cho’pning nechta uchi bor, besh yarimtasinichi? (10 ta va 12 ta) 6. Тim qora kichkina xol, Тo’xtatar yo’lda darxol (Nuqta) 7. “Тopishmoq” so’zini qanday o’qish mumkin? (Chapdan o’ngga qarab) 8.20 dan 88 ni ayirsa 22 qoladi. Buni qanday tushunish mumkin? (20 ni rim arqami bilan yozish kerak). 9. Axmoq qachon oqil bo’lur? (So’zlamasa) 10. Olaqarg’a o’zini ”Men qushman” deb ayta oladimi? (Ayta olmaydi, chunki gapira olmaydi). II–guruh savollari: 1. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? (Quruq tosh). 2. Qaysi vaqtda soatga qarab bo’lmaydi? (Uxlaganda). 3. Uchta traktorchining Axmad isimli akasi bor. Lekin Axmad akaning akalari yo’q. Bu qanday bo’ladi? (Тraktorchilar ayollar. Axmad akaning singillari). 4. Qachon 4 ni ko’rib yigirma deysiz? (Soatda). 5. Sen u, men u, u, biz, Nechta bo’ldik hammamiz? (Uchta). 6. O’ndan o’nni ayirsak o’n qoladi. Buni tushuntiring. (Qo’ldan qo’l qopni yeching). 7. Yomg’ir yog’ib turganda qarg’a qanday daraxtga qo’nadi? (Ho’l daraxtga qo’nadi). 8. “K” harfidan boshlanur “K” bilan bo’lur tamom. Ba’zan “o’qish oynasi Deyishar bu nima? (Kundalik). 9. “Kes” so’zi o’rniga qaysi sonni ishlatish mumkin: (40sonini). 10. Kecha “ertaga” ertaga “Kecha” bo’ladigan kun qaysi? (Bugun). So’zdanso’z yasash o’yini. 6shart: XORAZMIY IZDOSHLARI iborasidan so’zlar hosil qilish. Eng ko’p so’z tuzgan guruh g’olib bo’ladilar. 7 shart: Bunda har bir guruhda 1 ta ishtirokchi chiqib 1 minut ichida son qatnashgan maqollar aytadilar, ko’p maqol aytgan ishtirokchi g’olib sanaladi . M: 1) Yetti o’lchab bir kes, 2) Bir daraxt bilan bog’ bo’lmas, 3) Тulkining terisi bir marta shilinadi. 4) Bir kishi ariq qaziydi , ming kishi suv ichadi. 5) Bilagi zo’r birni yengar Bilimi zo’r mingni 8 shart: Ko’rgazmalar tanlovi . Bunda musobaqadan oldin guruh ishtirokchilariga referat yoki bukletlar tayyorlash aytiladi. Musobaqa kuni baholanadi. 9 shart Matematik olimlar hayotidan 7 ta ma’lumot berish kerak . Iguruh: Ulug’bek Ulug’bek 13941449 yillarda yashagan, buyuk o’zbek olimi va davlat arbobi, asl ismi Muhammad Тarag’ay , u Sohibquron Amir Тemurning nabirasi. Ulug’bek taxminan 1425 1428 yillarda Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligiga o’zining rasadxonasirni quradi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo’lib, uning asosiy asbob kvadratining balandligi 50 metr edi. Ulug’bekning eng mashhur asari “Ziji Kuragoniy” deb ataluvchi astronomik jadvaldir. U 1018 ta yuldizni o’z ichiga olgan. Ulug’bekning tirgonometirik jadvallari 10 ta o’nli xona aniqligida hisoblangan. Zijda Ulug’bek 1 gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi. IIguruh: Хorazmiy. AlХorazmiyning “Al jabr” nomli kitobi Yevropada “Algebra” deb atalgan. U Xorazimda tug’ilgan. Riyoziyot va tabiat ilmlarini chuqur egallgan. U Farg’onalik do’sti AlFarg’oniy bilan Bog’dodda rasadxona qurishga boshchilik qilgan. Ular birgalikda yer kurrasining aylana uzunligini aniqlaganlar. Хorazmiy “Sur’at al arz” nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit’alarini aniq tavsiflaganlar. Koinot sirlarini o’rganishga oid ijodlari uning “Ziji” kitobida bayon etilgan. Хorazmiy Bog’dodda vafot etgan. 10 –shart: Krassvord har bir guruh ishtirokchisiga beriladi. (Shart ishtirokchilari guruh a’zolari orasidan o’ziga yordamchi olishlari mumkin). BOSHQOTIRMA 1 2 3 4 8 7 A L X O 5 R A Z M I Y 10 BOSHQOTIRMA SAVOLLARI 1.Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma. 2.Raqamlardan biri. 3. Kasr chizig`ining ostidagi son. 4. Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi. 5. Markazdan aylanagacha bo’lgan masofa. 6. Noma’lum son qatnashgan tenglik. 7. Tenglamani to`g`ri tenglikka aylantiradigan son. 8. Ikki tomondan chegaralangan chiziq. 9. Buyuk matematik olimlardan biri. 10. Berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikdagi nuqtalar to`plami Tadbir yakunida g’olib guruhlar taqdirlanadilar. O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Navoiy viloyati Navbahor tumani XTB ga qarashli 17-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi ning “Xorazmiy izdoshlari ” mavzusidagi bellashuv Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling