Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari Suyarova Shahlo
Download 28.44 Kb.
|
New Документ Microsoft Word (2)
Muhokama va natijalar
Ulkan hududlarni egallagan Xorazmshohlar davlatini bu davrda Aloviddin Muhammad boshqarar edi.Xorazmshohlar davlati bu davrda judda katta hududlarni egallagan davlat edi. Uning nomi Darband va Shirvon, Xuroson va boshqa mamlakatlar masjidlarida xutba namozida tilga olinadi[3-123 ]. Davlat hududi esa Xitoygacha cho`zilgan. 27 mamlakatni birlashtirgan. Xorazmshoh va Chingizxon o’rtasidagi o’zaro aloqalar 1216-yildan ya`ni Chingizxon tomonidan Xitoy egallagandan so’ng boshlandi. Chunki, Xitoyni bosib olish niyati Xorazmshoh Aloviddin Muhammadda ham bor edi. 1216-yilda Xorazmshoh Bahovuddin Roziy boshchiligida elchilarni Xitoyga jo’natadi. Bu elchilarni jo’natishdan asosiy maqsad Xitoyni mo’g’ullar egallaganini bilib olish edi. Elchilarni Chingizxon izzat-ikrom bilan kutib oldi. Hatto, elchilardan u Sulton Muhammadni G`arbning sohibqironi (G`arb mamlakatlari yerlari sultoni) o’zini esa Sharqning podshosi deb hisoblanishini Xorazmshohga yetkazishlarini so’raydi[4]. Elchilar Xorazmga qaytayotganda, mo‘g‘ul xoqoni sulton Aloviddin uchun juda noyob sovg‘a-salomlar berib, elchiga “men – Mashriq hukmdori, sen –Mag‘ribning hukmdori. Kel, oramizda do‘stlik va tinchlik haqida qat’iy ahdnoma bo‘lsin! Ikkala davlatning savdogarlari bordi-keldi qilishsin. Mening yerlarimdagi noyob va oddiy mol-buyumlar sen tomonga, sening mollaring men tomonga kelib tursin”, deb yozilgan maktubni berib yuboradi[5].Bu elchilik almashinuvida shuni bilib olish mumkinki, Chingizxonning Xorazmni bosib olish niyati avvaldan bo’lgan, lekin Chingizxon Xorazmshoh kuchiga to’g’ri baho bergan holda avval Shimoliy Xitoyni bo’ysundirib keyin Xorazmga o’tishni rejalashtirayotgan edi. O’rtadagi aloqani uzmaslik uchun Bahouddin Roziyga qo’shib asl kelib chiqishi xorazmlik bo’lgan Mahmud Yalovochni qo’shib jo’natadi. Mahmud Yalavoch bilan birga karvonga Aliakbar Xo‘ja Al-Buxoriy va Yusuf Kenka Al-O‘troriylar ham boshchilik qilgan. Tarixchi An- Nasaviy yozib qoldirgan ma’lumotlarga ko`ra Chingizxon Xorazmshohga turkiylar an’anansiga ko`ra tuya o’rkachiga teng quyma oltin yuborganini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Bu boylik bilan birga Chingizxon turli xil mollar xususan, turli xil yoqutlar, xushbo’y mushklar va qimmatbaho toshlar ham qo’shib jo’natadi. Chingizxon elchilari 1218-yilda Xorazmshoh yurtiga yetib keldi. Xorazmshoh bu elchilarni Buxoroda qabul qiladi. Buning asosiy sababi davlat ichidagi o’zaro nizolar sabab bo’lgan. Chingizxonning xatini Mahmud Yalovoch Xorazmshohga topshiradi. Bosh vazir Nizomulmulk elchilarni qabul qilish marosimida o‘qib eshittiradi. Chingizxon yo‘llagan nomasida shunday deyilgan edi. Senga o‘z salomimni yo‘llayman. Men sening mamlakatingni kengligini va qudratini yaxshi bilaman. Sen ko‘plab xalqlar ustidan hukmronlik qilasan, shuning uchun sen bilan tinchlikda yashashni istardim. Men seni o‘zimning eng suyukli o‘g‘lim, deb hisoblaguchiman. Mening Xitoyni zabt etganim va undan shimolda yashovchi hamma xalqlarni bo‘ysundirganim senga ma’lum. Shuni bilginki, mening saltanatim chumoli uyasidek jangchilar uyasi hamda kumush kondir va menda birovning mulkiga egalik qilish ehtiyoji yo‘q. O‘ylaymanki, fuqarolarimizning savdo munosabatlarini rivojlantirishdan ikkimiz ham manfaatdor bo‘lamiz” [5]. “Iskandari Soniy”, “Sulton Sanjar” deb ulug’lanagan Xorazmshohga bu maktubda keltirilgan so’zlar ma’qul kelmadi. Tunda Mahmud Xorazmiyni yoniga chaqirdi va aynan xorazmlik bo’lgani uchun Chingizxon foydasiga emas Xorazmshohga ishlashni taklif etdi. In`om tariqasida esa bilaguzuk hadya etdi. Shohning g’azabidan qo’rqqan Mahmud Yalovoch shohning shartlarini qabul qildi. Keyin sulton so’radi “ Chingizxonning Xitoy mamlakatlarini va Tamg’ach shahrini bosib olgani rostmi yolg’onmi? Uning bu haqdagi gapi chinmi yoki aldayaptimi?”[6-75]. Mahmud Yalovoch shohning savollariga to’g’ri javob berdi. Xorazmshoh keyin Chingizxonning qo’shini haqida so’raganda Mahmud Yalovoch Xorazm qo’shiniga teng kelolmaganligini aytgandan keyin Chingizxonning savdo shartlariga rozi bo’ladi. Bundan mamnun bo’lgan mo’g’ul xoqoni savdo karvonlarini jo’natdi. Ma’lumotalarga ko’ra karvonda Chingizxon elchisi Uxun boshchiligida 100 odam bo’lgan[6-77]. Boshqa manbalarda 450 odam bo’lib ularning hammasi musulmon ekanligi aytib o’tiladi. Abul Faraj 400 ta savdogar bo’lganligi va Xorazmshoh nomiga maktub yo’llanganligini qayd etadi. Jurjoniyning ma’lumotlariga esa 500 ta tuya va bir qancha kumush va ipak mahsulotlari borligi aytib o’tiladi. Savdo karvoni belgilangan manzilga bora olmay O’tror shahrida talon- taroj etiladi. Bunga sabab esa o’sha paytdagi O’tror hokimi Inolxonni kaltafahmligi edi. Inolxom bu karvon orasida ayg’oqchilar borligi va oddiy xalqni Chingizxon tomonga o’tishga undashda ayblaganligi, ayrim manbalarda esa hind savdogarining Inolxonni mazax qilib chaqirganligi, Ibn al-Asirning ma’lumotlariga esa Xorazmshoh karvonni talashga buyruq berganligi aytib o’tiladi. Juvayniyning yozishicha Inolxon Turkon xotunning qarindoshi bo’lgan va karvonni talanishiga aybdorligi haqida ma’lumotlarni aytib o’tgan. Karvonning ayanchli taqdiridan bir savdogar yoki tuyakashning tirik qolishi tufayli xabardor bo’lgan Chingizxon Ibn Kafroj Bug`roxon boshchiligida o’z elchilarini jo’natadi. Ular Xorazmshoh Inolxonni aybdor deb bilsa uni mo’g’ullar qo’liga topshirishini yoki munosabatlarning oxiri urush bilan yakunlashishini yetkazishadi. Lekin Xorazmshoh Inolxonni mo’g’ullar qo’liga topshira olmas edi. Chunki, Xorazmshohning qo`l ostidagi lashkarlarning ko’pchiligi Inolxonga qarindosh yoki bir urug’dan bo’lgan. Inolxonning topshirilishi esa katta siyosiy xato bo’lar edi. Xato ustiga xato qilayotganini anglamagan Xorazmshoh elchilarni o’limga hukm qildi. Natijada esa butun boshli davlat zavolga yuz tutdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari nafaqat Xlll asr balki, bugungi kunimizda ham g'oyat katta tarbiyaviy ahamiyatga ega."Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy zarur texnika va jihozlar, qurol-yarog'lar bilan ta'minlash mumkin. Ammo shaxsiy tarkib ma'naviy jihatdan zaif bo'lsa, ya'ni askar va ofitserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun mas'uliyat bo'lmasa yoki ularning o'rtasida beparvolik hukm sursa, bunday holat nihoyatda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin"[2-162]. Rostdan ham aynan Xorazmshohning kaltabin siyosati, o'z manfaatini yurt kelajagidan ustun qo'yganligi butun boshli davlatning zavolga yuz tutishiga olib keldi. Download 28.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling