Xorazmshohlar davlatining harbiy boshqaruvi


Vatandan ketgan xorazmliklar taqdiri


Download 69 Kb.
bet2/6
Sana23.11.2023
Hajmi69 Kb.
#1795211
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xorazmshohlar davlatining harbiy boshqaruvi

Vatandan ketgan xorazmliklar taqdiri
Xorazmshoh Jaloliddin halokatidan so‘ng Yaqin Sharqning turli mamlakat va o‘lkalariga uning ko‘p sonli askarlari tarqalib ketdilar. Ular asosan bir vaqtlar mo‘g‘ullar ta’qibidan qochgan turli turkiy qabilalarga (jumladan, qipchoqlar) mansub askarlar edi. Bizdagi manbalarda ularni odatda xorazmliklar deb ataydilar va aftidan, bu umumiy nom o‘sha davrdayoq ularning qabila nomlarini siqib chiqargan ko‘rinadi. Ular bilan birga kotiblar, faqihlar va boshqa kelib chiqishi eroniy bo‘lgan shaxslar ham bor edi. Bu kishilar jumlasi ancha salobatli harbiy kuya bo‘lib, mahalliy hokimlar ular bilan hisoblashmay iloji yo‘q edi. Ko‘niyo sultonlari va ayyubiy shahzodalar Xorazmshoh xavf solib turganida vaqtincha jipslashgan bo‘lsalar ham, uning o‘limidan keyin yana o‘zlarining eski janjallariga va yerlar uchun, shu hududda hukmronlik uchun kurashga qaytdilar. Mana shu kurashlarda ular xorazmliklarning harbiy birikmalaridan foydalandilar, hokimlarga oz bo‘lsa ham, o‘zlarini mo‘g‘ullar xavfidan saqlab turish imkonini berardi. Shuning uchun xorazmliklarni xizmatga olayotib, saljuqiy sultonlar ham, ayyubiy shahzodalari ham ularga iqto’ sifatida yirik yer mulklarini ajratib berardilar, faqat bu yerlarni joylardan, ya’ni o‘zlarining chegaraviy yerlaridan ajratardilar. Xorazmliklar esa Suriya yerlarida beboshlikni davom ettiraverdilar. 638-yili rabi’ul-avval (1240-yil oktyabr)da 12 ming xorazmlik Badriddin Lo‘luning askarlari bilan birga Halab shahriga hujum qildilar. Halab askarlari hujumchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsalar ham, ular tor-mor qilindilar» Xorazmliklar ko‘p asirlarni va boy o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar. Lekin, ular Halabning o‘zini ololmadilar va faqat uning atroflarini vayron qilib, aholisini talab, o‘ldirdilar. Bundan so‘ng, xorazmliklar Manbij shahrini vayron qildilar va aholisini qirdilar.Xorazmliklar qisqa muddatga Harronga kelib, birozdan so‘ng, Roqqa yaqinida yana Firotdan o‘tib, Jubul, Tall A’zuz, Surmin va Ma’orra shaharlarini bosib olib, taroj qildilar. Bu shaharlarning aholisi vahimaga tushib, xorazmliklarning otliqlaridan qochdilar. Himsning hokimi al-Malik al-Mansur va al-Malik as-Solihning Damashqdagi noibi as-Solih Ismoil o‘z askarlari bilan halabliklarga va Suriyaning boshqa shaharlari aholisiga yordamga keldilar. Bu qo‘shinlar xorazmliklarni ta’qib qila boshladilar, ular esa Shoyzarga ketdilar, so‘ngra Hamo, Salomiya va Rusofa tarafiga surilib, u yerdan Roqqaga yetmoqchi bo‘ldilar. 638-yil sha’bonining oxiri (1241-yil marti)da xorazmliklar Firotdan kechayotganlarida ularga yetib oldilar va shiddatli jang yuz berdi. Xorazmliklar ayyubiylarga qarshi kuchli qopqa qo‘yishga muvaffaq bo‘ldilar va daryodan bemalol o‘tib oldilar. Biroq 21 ramazon kuni (1241-yil 9-apreli) ayyubiylar xorazmliklarni quvib yetib oldilar, ular esa siquvga bardosh berolmay, chekinishga majbur bo‘ldilar. Ayyubiylar ularni qorong‘u tushguncha quvib bordilar va ko‘pchiligini asir qildilar. Shundan so‘ng ayyubiylar xorazmliklarning qarorgohi Harronga hujum qildilar va uni qo‘lga oldilar. Xorazmliklar u yerdan Anaga qochdilar. Bundan keyin ularga qaram bo‘lgan Nasibi Dora, Roqqa, Ruha, Saruj va Ra’sulayn shaharlarini ham olib qo‘ydilar. Xorazmliklar Suriya hududidagi bu janglarda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradilar va natijada yashash uchun boshqa joylarni izlay boshladilar. 639-(1241) yili Mayoforiqinning hokimi al-Malik al-Muzaffar ular bilan bitim tuzib, ulardan mabodo Ko‘niyo sultoni G‘iyosiddin Qayhusrav hujum qiladigan bo‘lsa, uning mulklarini himoya qilajaklari haqida majburiyat oldi. Mayoforiqin hokimi o‘z tarafidan ular bilan birga Amidga hujum qilish haqida majburiyat oldi. Biroq, ularnnng birgalikdagi yurishi paytida ayyubiylar ularga hujum qilib, Amid nohiyasidan quvib yubordilar va o‘zlari al-Malik al-Muzaffarning mulklariga hujum qilib, u yerlar bo‘ylab yurish qildilar, so‘ng Halabga qaytib keldilar. 640-yil safar (1242-yil avgust)da Habur yaqinida xorazmliklar va ayyubiylar o‘rtasida shiddatli jang bo‘ldi. Unda xorazmliklar va ularning ittifoqdoshi al-Malik al-Muzaffar to‘la tor-mor qilindi va ular o‘g‘ruqlari, chodirlarini tashlab qochdilar. Ayyubiylar katta o‘ljalar bilan al-Malik al-Muzaffarning xazinasini qo‘lga kiritdilar. Ko‘niyo sultoni askarlari bilan bir necha marta xorazmliklarga qarshi yurgan bo‘lsada, biroq, keyin ular bilan yarashib oldi va ularga saltanatning hududlaridan iqto va’da qildi. Ammo, xorazmliklar bu shartlarni qabul qilmadilar va janubga, Suriyaga ketdilar. Bu yerda xorazmliklar to 642 (1244)-yilgacha, Misr hokimi al-Malik as-Solih xizmatga taklif etgunigacha, ko‘chmanchilar tarzida yashadilar. Al-Malik as-Solih Damashq hokimi as-Solih Ismoilning va uning ittifoqdoshlari Qarakning hokimi al-Malik an-Nosir, Himsning hokimi al-Malik an-Mansurning hamda salibchilarning (Damashq hokimi yordami uchun ularga Shaqif, Tabariya, Asqalon va Quddusni bergan edi) Misrga hujumlarini daf etishga tayyorlayotib, dushmanlarga qarshi chiqish haqida xorazmliklar bilan kelishib oldi.



Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling