Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi. Mundarija


Xalqaro modellarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash


Download 103 Kb.
bet3/6
Sana09.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1346319
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi

Xalqaro modellarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash
Qishloq turizmida joylashish vositalarini tanlash tarkibi quyidagicha: appartamentlarda – 44%, xona – appartamentlarda – 22%, faqat xonalarda – 4 %. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan Yevropa davlatlaridagi modellarni keltirishimizning asosiy sababi shundan iboratki, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarida qishloq turizmini rivojlantirish uchun hozirda asosan qayd qilingan modellarni joriy qilishmoqdalar. Eng muhimi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun hamkorlikda «Qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasi va dasturi», «Qishloq turizmi bozorida takliflar va talablarning o‘zgarish istiqbollari»ni ishlab chiqdilar. Ushbu hamkor dasturlar asosida Buyuk Britaniya davlati 1998-yilda qishloq turizmida 350 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil qildilar. Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa modellarini yaxshi o‘rganishimiz, bu modellardan qishloqlarimizda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishimiz, hamda qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining tajribalaridan ma’lum bo‘ldiki, ushbu davlatlar qishloq turizmini rivojlantirishga bundan 50 yil oldin kirishgan. Dunyoda qishloq turizmi rivojlanishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Fransiya davlatining qishloq turizmini rivojlantirish modelini, Buyuk Britanya modelini, Germaniya modelini va Italiya modelini qishloq turizmini xalqaro modellar deb tan olishining sababi ham shunda. Endi O‘zbekistonda qishloq turizmni rivojlantirish uchun qayd qilingan modellarning qaysi biri o‘ng‘ayroq va qulayroq? Agar bu modellarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini o‘rganganimizda ularning barchasini qishloq turizmini rivojlantirishimiz uchun qo‘llash hech qanday muammolarni keltirib chiqarmaydi, shu bilan birga oson ham. Chunki, qishloq turizmini rivojlantirishdagi asosiy manba turistik resurslarning xilma-xilligi bizda yuqorida qayd qilingan Yevropa davlatlaridagidan ham ko‘p.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun, dastlab qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olishgan, so‘ngra qishloq turizmini rivojlantirishga javob beruvchi, davlat vakolatini olgan tashkilot tuzishgan (masalan, Fransiyada «Turizm va qishloq yerlari assotsiatsiyasi»; Britaniyada – «Britaniya turistik kengashi» va «Qishloq yerlarini rivojlantirish agentligi»; Avstriyada – «Avstriya fermerlik turizmi assotsiatsiyasi» va boshqalar). Restoran industriyasini ko’kalamzorlashtirish. Ovqatlanish xizmati operatsiyalari juda katta miqdordagi chiqindilarni paydo qiladi. Chunki, u nafaqat ovqat tayyorlash jarayonida paydo bo’lgan chiqindilarni balki taom iste’mol qilingandan keyin ham axlatlar paydo qiladi. Axlat quvurlarini boshqarish tamoyillarini 3 ta so’z orqali ifodalanadi: qisqartirish, qaytadan foydalanish va qayta ishlab chiqarish. Bular eng maqbul yechimlardir, ammo bizning ro’yhatimiz o’g’itga aylantirish, kul qilish va axlatxona maydonlaridan foydalanish kabilar bilan to’ladi.



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling