Xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 1906-xorijiy guruh talabasi Yo’ldosheva Maftunaning sentabr oyidan fevral oyiga qadar pedagogik amaliyotidan hisobot


Download 1.01 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1562296
Bog'liq
mappiiiiiii


Xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 1906-xorijiy guruh talabasi Yo’ldosheva Maftunaning sentabr oyidan fevral oyiga qadar pedagogik amaliyotidan hisobot.

2022-2023- o’quv yilida biz 1906-guruh talabalari pedagogik amaliyotimizni Urganch shahar Hamid Olimjon nomidagi 6-sonli IDUMda o’tadik. Amaliyotimiz 12-sentabr kunidan boshlandi. Amaliyot rahbarimiz Sevara Yo’ldosheva domla bizga amaliyotimizning birinchi kunida pedagogik amaliyotning me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, universitetimiz katta o’qituvchilari va amaliyot rahbarlar tomonidan amaliyot davrida qilishimiz kerak bo’adigan ishlar haqida tushuntirishlar olib bordilar. Keyingi kundan boshlab biz maktab ma’muriyati va o’qituvchilari hamda o’quvchi yoshlar bilan tanishdik.


Maktab ma’muriyati bilan o’quv darslariga 12:30 da kelishni kelishib oldik. O’zimizga berkitilgan sinf o’quchilari haqida ma’lumotlarni ko’zdan kechirdik. Amaliyot mobaynida biz o’quvchilarning yozuv mahoratini tekshirish yuzasidan bir qancha mashg’ulotlar olib bordik. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishda bizga chet tili fani o’qituvchisi Sobirova Sharofat yordam berdilar va o’zining faoliyati mobaynida qo’llaydigan bir qancha metodik manbalari bilan yaqindan tanishdik. O’quvchilarga ingliz tili fanlarini o’qituvchilar yordamida yoki mustaqil ravishda dars o’tdik.
Dars mobaynida pedagogik mahoratimiz va tajribalarimizni mahoratli pedagog o’qituvchilar yordamida yanada oshirdik. O’quvchi yoshlar dars jarayonida o’zlarini qiziqtirgan savollariga o’qituvchi tomonidan javob oldilar, biz ham savol javob o’yinida qatnashdik va o’z bilimlarimizni o’quvchi bolalar bilan bo’lishdik. O’zimizga berkitilgan sinf o’quvchilari bilan ochiq darslar o’tkazishga qaror qildik. O’quvchilarning bilimga chanqoqligi tufayli ochiq darslar mobaynida bizga ortiqcha qiyinchiliklar tug’dirmadi, ochiq darslar o’ylaganimizdan ham yaxshiroq va qiziqarliroq tarzda o’tdi. Dars davomida o’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan materiallari bilan darsda faol qatnashdilar, bu esa dars jarayoni o’zgacha qizg’in tarzda o’tishini ta’minlab berdi. Dars davomida o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan qanday ishlash kerakligini o’rganib oldik va buni amaliyotda qo’llab ko’rdik. Har bir o’qituvchi dars jarayonini o’zgacha pedagogik mahorati yordamida olib borishini ko’rib biz ham kelajakda shu kabi pedagogik mahorat egasi bo’lish maqsadida har bir o’qituvchi darslarida qatnashi dars jarayonini qanday olib borishi bilan qiziqdik. Pedagogik amaliyot davrida pedagogik mahoratimni yanada oshirib kelajakda dars jarayonini qanday olib boorish kerakligini bilib oldim. Pedagogik amaliyot nafaqat amaliy balki nazariy bilimlarimni ham yanada oshirishga muvaffaq bo’ldim. Turli yoshdagi o’quvchilar bilan dars o’tish mobaynida qilinadigan ishlarni farqlab oldik. 7-b sinfi menda juda katta ta’ssurot qoldirdi. Chunki o’quvchilar darsga qatnashishi va bilimlarga chanqoqoligi bilan boshqa sinflardann ajralib turishardi. Kundalik.comda o’quvchilarni baholash tamoyillari bilan yaqindan tanishib oldik. Dars o’tish jarayoninida o’quvchilarning esidan chiqmaydigan darajada dars o’tish sirlarini o’rganib oldim.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling