6) Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash. Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi: 1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar,qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash; 2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish. 2.Xorijiy investitsiyalarning turlari. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin.
Investitsiyalar.
1.Moliyaviy investitsiya.
2.Moddiy investitsiya.
3.Aqliy (intelektual)investitsiya.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzuuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzuuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslarda Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |