Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet106/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

9-SEMINAR MASHG‘ULOT.
Yozuvning tarixiy ahamiyati.
Tarixiy obidalar va yodgorliklarga ko‘ra o‘zbek xalqi tarixda o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, xorazm, uyg‘ur kabi yozuv turlaridan foydalanganligi ma’lum. Jumladan, Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarlari uyg‘ur yozuvida bitilgan.
O‘rta Osiyoda VIII – IX asrlarga kelib arab yozuvi tarqala boshlagan. XI asrda yaratilgan eng qadimgi yodgorliklar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit - turk» asari ham arab yozuvida yozilgan. Qariyb 1200 yil qo‘llanib kelingan arab yozuvida o‘zbek xalqining Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Forobiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat kabi minglab allomalari o‘z asarlarini yaratganlar.
Arab yozuvi 1929 yilgacha qo‘llanib kelingan. 1929 – 1940 yillar ichida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tilgan. 1940 yildan boshlab esa rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etilgan. Hozirda shu yozuvdan foydalanib kelinmoqda.
TOPSHIRIQ!
Nuqtalar o‘rniga qaratqich yoki tushum kelishigi qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni o‘qing.
1.Bobir mirzo... opasi Xonzoda begim mulla Fazliddin...ko‘pdan beri beri hayratga solib keladi. (P.Qodirov) 2. Munisxon... to‘yi shu yil... kuzida bo‘ladigan edi. (A.Qahhor) 3. Chopiq... tugatib, boy... bog‘iga keldi. Yo‘lchi... kelgani... bilib, Hakimboyvachcha... to‘qqiz-o‘n yashar o‘g‘li Rafiqjon non olib chiqdi. (Oybek) 4. Muqimiy... Shahrixonga nima uchun kelgani... eshitgan ziyolilardan va oddiy mehnatkashlardan bir to‘pi ertasiga zargar hoji... uyiga keldi. (R.Abdulla) 5. Inobat Ertoev... ismi... eshitganida badaniga izg‘irin tekkanday seskanib ketdi. (O.Yoqubov) 6. U... nazarida Muhabbat o‘g‘li... ko‘tarib kelayotgandek bo‘laverardi. (V.G‘ofurov)
10-SEMINAR MASHG’ULOT.
Nutq organlari va ularning vazifalari.
Nutq tovushlari insonga xos tovushlar bo‘lib, insonning nutqiy a’zolarida yuzaga keladi. U o‘zining fiziologik-artikulyatsion asoslariga ega.
Nutq a’zolari bir qancha apparatlarga birlashadi:

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling