Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet56/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

10-MA’RUZA. ORFOEPIYA
Orfoepiya haqida ma’lumot. Unli tovushlar orfoepiyasi. Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Reja:
1. Unli tovushlar orfoepiyasi.
2. Undosh tovushlar orfoepiyasi.
3. So‘z qismlari talaffuzi.
4. Boshqa tillardan o'zlashtirilgan ayrim so'zlar orfoepiyasi.

Tayanch tushunchalar:
Orfoepiya togri (adabiy) talaffuz meyorlari tizimi.
Qisqa talaffuz urg'usiz bogindagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinar- bilinmas) talaffuz etilishi.
Cho‘ziq talaffuz urg'uli bogindagi unlining urgusiz bogindagi unlidan cho'ziqroq bolishi. Bu xususiyat ruscha leksik ozlashmalarda, ayniqsa, sezilarli boladi.
Ingichka talaffuz unli tovushlarning sayoz til orqa «k», «g», «ng», til o'rta «y» va bogiz undoshi «h» bilan yondosh bo'lganda old qator fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi.
Yo‘g‘on talaffuz unli tovushlarning chuqur til orqa «q», «g», «x» undoshlari tasirida orqa qator fonema tarzida yo'g'onlashuvi.
Jarangsizlanish ayrim jarangli undoshlarning so'z oxirida yoki assimilativ holatlarda jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi.
Intervokal holat undosh fonemaning ikki unli orasida qo'llanishi. Bunday pozitsiyada (kop boginli so'zlarda) portlovchi «q» undoshi sirg'aluvi «g» tarzida (qishloq > qishlogimiz kabi), jarangsiz «k» undoshi jarangli «g» tarzida (telpak > telpagim kabi) talaffuz qilinadi.
Orfoepiya so'zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o'zak va qo'shimchalardan iborat so'/ formalarini to'g'ri talaffuz qilish meyorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo'limi ham orfoepiya deyiladi. Orfoepik meyorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi jonli tildagi turlicha talaffuz ko'rinishlaridan adabiy til ananalariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.. Masalan, o'zbek shevalarida bir so'z turlicha talaffuz qilinadi: yo'q-jo'q, koz-goz, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom feli qo'shimchasi shevalarda -yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shakllarida qo'llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yoq, koz, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz meyori (orfoepik norma) sifatida saralangan. To'g'ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o'quvchi va talabalarda to'g'ri talaffuz ko'nikmalarining shakl la nt i ri 1 ish iga talimning barcha bosqichlarida jiddiy etibor beriladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling