Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Tillarning geneologik tasnifi


Download 1.8 Mb.
bet60/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Tillarning geneologik tasnifi.
Bu tasnif tilshunoslikda tillarni qiyosiy-tarixiy usul bilan tekshirishning mahsuli bolib maydonga keldi. Bu tasnifga kora, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (soz, undagi tovushlar, qoshimchalar) jihatidan yaqinligi, oxshashligiga asoslanib gruppalarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil etadi. Shunga kora dunyo tillari qarindoshligiga kora til oilalariga bolinadi. Til oilalarining nomlari ajdod til nomi bilan yuritiladi. Masalan: slavyan tillari oilasi, german tillari oilasi, roman tillari oilasi, eroniy tillar oilasi, somiy tillar oilasi va boshqalar.
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik katta gruppasi hisoblanadi. Tillar oilasi ichida bir necha tillar gruppasini ajratish mumkin. Masalan, eng katta tillar oilasi sanalmish hind-yevropa tillar oilasi quyidagi guruh tillarga ajratiladi: I. Hind tillari II. Eron tillari. III. Roman tillari. IV. German tillari. V. Kelt tillari. VI. Boltiq tillari. VII. Slavyan tillari. VIII. Grek tili IX. Alban tili. X. Arman tili.
Oltoy tillar oilasi esa quyidagi guruh tillariga bolinadi:
I. Turkiy tillar (ozbek, qozoq, qirg`iz, turk, turkman…)
II. Mog`ul tillari.
III. Tungus-manchjur tillari.
Turkiy tillar oilasi qipchoq tillari guruhi, og`uz tillari guruhi, qarluq tillari guruhiga bolinadi. Ozbek va uyg`ur tillari qarluq guruhiga; qozoq, qorapalqoq, qirg`iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar qipchoq guruhiga; ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari esa og`uz guruhiga kiradi.
Tillarning morfologik tasnifi.
Bu tasnifga kora tillarning qarindoshligidan qat'iy nazar, sozlarning tuzilishi asos qilib olinadi. Bunda tillar 4 gruppaga bolinadi: I. Amorf tillar. II. Agglutinativ tillar. III. Flektiv tillar. IV. Polisintetik tillar.
Amorf tillarda grammatik ma'no yordamchi sozlar, sozlar tartibi, urg`u vositasida ifodalanadi. Bunga xitoy, birma, vetnam tillari kiradi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling