Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet61/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Agglutinativ tillarda har bir grammatik ma'no alohida qoshimcha orqali ifodalanadi: kursdosh-lar-im-ni. Agglutinativ tillarga oltoy oilasidagi tillar, ugor-fin, iberiy-kavkaz tillari kiradi.
Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma'no birgina korsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, kniga sozidagi - a tugallanmasi (okonchaniye) ham birlik sonni, ham bosh kelishik (imenitelnoy padej)ni, ham jinsni (jenskiy rodni) ifodalaydi. Bunday tillarga hind-yevropa tillari, semit tillar kiradi.
Polisintetik tillarning xususiyati shundaki, unda butun bir gap bir soz holida yoziladi. Bunga chukot tili kiradi.
Hozirgi kunda yer yuzi aholisi 6 mlrd. dan oshib ketdi. Mana shu aholi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida 1 mln. dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln. dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln. dan ortiq kishi sozlaydi. Qolganlarining har birida esa 1 mln. dan kam kishi gaplashadi. Dunyodagi tillarning kopchiligi milliy tillar va xalq tillaridir.
Kavkaz toglarida joylashgan Dogistonda 1 mln. dan ortiq aholi bolib, ular 40 ga yaqin tilda sozlashadi.
Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari kop bolgan tillar qarindosh, bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bolmagan tillar esa qarindosh bolmagan tillar hisoblanadi. Masalan, ozbek, qirg`iz, qozoq, tatar, uyg`ur, boshqird, ozarbayjon, bolqor kabi tillar qarindosh tillar sanaladi.
Yer yuzida tillarni organish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning 1-yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Qiyosiy-tarixiy yol bilan tillarni organgan va ilmiy asarlari bilan tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskin (1787-1832), nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867) va Yakob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) korsatish kerak.
Dunyodagi tillar kelib chiqishi, qarindoshligiga, lugaviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bolinadi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. Til olilalari oz navbatida til turkumlariga bolinadi.
Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini oz ichiga oladi: hind turkumi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat va h.), eron turkumi (fors-afgon, osetin, kurd, tojik va h.), slavyan turkumi (rus, ukrain, belorus, chex, slovak, polyak, serb, makedon, bolgar, xorvat, sloven), boltiq turkumi (litva, latish, latgal), german turkumi (dat, shved, norveg, island, ingliz, golland, nemis, yangi yahudiy tili), roman turkumi (fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldavan tilari, olik lotin tili), kelt turkumi (irland, shotland, breton, uels), anatoliy turkumi (olik), toxar turkumi (olik). Grek, alban, arman tillari birorta turkumga mansub bolmasdan, shu til oilasiga kiradi.
Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi: turkiy tillar (ozbek, qozoq, qirgiz, turk, turkman, tatar, uygur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor va boshqa jami 30 ga yaqin til), mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys turkumlari kiradi. Turkiy tillar oilasi qipchoq tillari guruhi, og`uz tillari guruhi, qarluq tillari guruhiga bolinadi. Ozbek va uyg`ur tillari qarluq guruhiga; qozoq, qorapalqoq, qirg`iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar qipchoq guruhiga; ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari esa og`uz guruhiga kiradi. Turkiy tillar agglyutinativ tillar jumlasiga kiradi, yani har bir grammatik qoshimchalar sozning oxiriga qoshiladi.
Fin-ugor tillari oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurt, mariy, mordva tillari), ugor guruhi (vengur, mansiy, xantiy tillari) mansubdir.
Som-xom tillar oilasiga semit guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit tillari), kushit guruhi (galla, somali, saho, beja tillari), ber-ber guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist tillari), chad-xom guruhi (xuase, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab) kiradi.
Kavkaz oilasiga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ibix tillari), nax guruhi (chechen, ingush, basbiy tillari), dog‘iston guruhi (avar, dargin, lezgin, lak, karatin, gunzib tillari), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy) kiradi.
Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, Vyetnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet, birma tillari) kiradi.
Bulardan tashqari yana dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika til oilalari ham bor.
Dunyo tillari yana morfologik jihatdan, yani tarkibidagi sozlarning tuzilishi jihatidan ham tasnif qilinadi. Bunga kora tillar quyidagi 4 guruhga bolinadi:
1. Amorf tillar tarkibidagi sozlar hyech qanday soz ozgartuvchi qoshimchalarsiz, togridan-togri birikib, boglanib keladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bolgan boshqa tillar misol bola oladi.
2. Agglyutinativ tillarda har bir grammatik mano malum bir grammatik korsatkich bilan ifodalanadi. Masalan, maktablarga soz shakli tarkibidagi lar qoshimchasi koplik korsatkichi, -ga qoshimchasi jonalish kelishigi korsatkichidir.
Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, ozbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.
3. Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik mano birgina grammatik korsatkich orqali ifodalanadi: rus tilidagi kniga sozi tarkibidagi a qoshimchasi jinsni (jenskiy rod), bosh kelishikni, birlik sonni bildirib kelgan.
Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi.


  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling