Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Tilning oldinga va orqaga tomon harakati, ya’ni tilning gorizontal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi: 1)


Download 1.8 Mb.
bet66/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

1.Tilning oldinga va orqaga tomon harakati, ya’ni tilning gorizontal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi:
1) til oldi unlilari: i, e, a;
2) til orqa unlilari: u, o‘, o.
Til oldi unlilari old qator unlilar deb ham yuritiladi. Ularni hosil qilishda til tishlarga tiraladi. Til orqa unlilari orqa qator unlilar deb ham yuritiladi. Ularni hosil qilishda til biroz orqaga tortiladi.
2.Tilning yuqoriga, tanglay tomon ko‘tarilish darajasi, ya’ni tilning vertikal harakatiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 3 ga bo‘linadi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o‘rta (o‘rta keng) unlilar: e, o‘;
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Yuqori (tor) unlilarni hosil qilishda til yuqoriga ko‘tariladi, havo yo‘li esa ancha torayadi; o‘rta (o‘rta keng) unlilarni hosil qilishda til bilan tanglay oralig‘i o‘rtacha bo‘ladi; quyi (keng) unlilarni hosil qilishda esa til bilan tanglay oralig‘i ancha keng bo‘ladi.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra. Bunga ko‘ra unlilar 2 ga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Lablangan unlilarni aytilishida lablar doira shakliga kirib, bir oz oldinga cho‘ziladi. Lablanmagan unlilarning aytilishida lablar oldinga cho‘zilmaydi.
Unli fonemalar tasnifi jadvali

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra

Tilning gorizantal harakati va lablarning ishtirokiga ko‘ra

Old qator
lablanmagan

Orqa qator lablangan

Yuqori (tor) unlilar


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling