Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Download 1.8 Mb.
bet67/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

i

u

O‘rta(o‘rta keng) unlilar

e

o‘

Quyi (keng) unlilar

a

o


Unli fonemalar tavsifi
I unlisi til oldi, lablanmagan, tor unli. So‘zning tarkibida o‘rniga qarab old qator hamda orqa qator variantlarda kela oladi.
I fonemasi asosan old qator unli bo‘lib, ingichka talaffuz qilinadi: ilm, ish, idish, dil, tish, kitob, bino kabi. Chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan kelganda orqa qator unli bo‘lib yo‘g‘on talaffuz qilinadi: qishloq, qizil, qirg‘oq, g‘isht, xizmat, xirmon kabi.
U unlisitil orqa, lablangan, tor unli. Til oldi va sayoz til orqa undoshlari bilan kelganda old qator unli, chuqur til orqa undoshlari bilan kelganda esa orqa qator unli sifatida talaffuz qilinadi: dugona, dumaloq, tut, tushlik, kul, kun, tugun; quloq, qurol, xum, xurmo, g‘ubor, g‘ujum kabi.
E fonemasi – til oldi, lablanmagan, o‘rta keng unli. So‘z boshida va ochiq bo‘g‘inlarda kelsa, ochiqroq talaffuz qilinadi: egat, ekin, elak, ertak, bepoyon, meros, metin, me’mor kabi. Bir bo‘g‘in tarkibidagi ikki undosh orasida kelganda bir oz yopiqroq talaffuz qilinadi: men, sen, zehn, kelmoq, sevmoq, sezgi, tergov, termilmoq kabi. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda keng talaffuz qilinadi: poema, aeroport, general, ekskursiya, etyud kabi.
O‘ unlisi – til orqa, lablangan, o‘rta keng unli. Asosan, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: bo‘yin, bo‘ron, go‘zal, go‘sht, do‘lana, jo‘xoripoya, yo‘rgak, ko‘mir, xo‘roz kabi. O‘rniga qarab qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinadi: g, k, y, ch undoshlaridan keyin kelsa old qator unli sifatida yumshoq talaffuz qilinadi: go‘dak, go‘yoki, ko‘mak, ko‘rik, yo‘lka, yo‘rgak, cho‘ziq, cho‘mich kabi; chuqur til orqa g‘, q, x undoshlaridan oldin yoki keyin kelganda orqa qator unli sifatida qattiq talaffuz qilinadi: g‘o‘zapoya, g‘o‘ra, qo‘zichoq, qo‘qongul, qo‘g‘irchoq, xo‘ra, xo‘rsinmoq kabi.
So‘zning ochiq bo‘g‘inida kelganda o‘ unlisi kengroq, yopiq bo‘g‘inida kelganda esa torroq talaffuz qilinadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling