Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti
Download 1.8 Mb.
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘g‘inning ahamiyati
- 19- mashq
- So‘z urg‘usi
Berkitilgan bo‘g‘in. Undosh tovush bilan boshlangan bo‘g‘inga berkitilgan bo‘g‘in deyiladi: ba-hor-gi, mo’-ji-za;
Berkitilmagan bo‘g‘in. Unli tovush bilan boshlangan bo‘g‘inga berkitilmagan bo‘g‘in deyiladi: ol-xo‘-ri, uch-ra-shuv, o‘y-ma-kor-lik so‘zlaridagi birinchi bo‘g‘inlar. Bo‘g‘inning ahamiyati: Bolalarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida amalga oshiriladi. Yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘zning qismi ikkinchi satrga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi. She’riyatda bo‘g‘inga amal qilinadi. She’riy misralarning bo‘g‘inlar soni teng bo‘ladi. 18- mashq. Matnni o‘qing. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating va turlarini ayting. Navoiyning butun oila, qarindosh-urug‘lari Boyqaro tarafida bo‘lganligi ma’lum. Navoiy Xurosonda ilm-fan, san’at va adabiyot rivojini ta’minlamoq, osoyishta hayot barpo etmoq uchun adolatli va kuchli hukmron bo‘lishi kerak deb hisoblardi. U Husayn Boyqaroni ana shunday hukmron bo‘ladi, deb ishonar edi. Husaynning shoirlik iste’dodi, ular o‘rtasidagi bolalik yillaridan boshlangan do‘stlik bu ishonchni yanada mustahkamlar edi. Shuning uchun Navoiy o‘z siyosiy faoliyatining boshidanoq, Husayn Boyqaro tarafida bo‘ldi va bu mavqeda hayotining oxirgi daqiqasigacha qoldi. (A. Qayumov). 19- mashq. Bo‘g‘inlarning tovush tarkibiga e’tibor bering. Topshiriq: 1) Bir bo‘g‘inli so‘zlarga misollar to‘plang. 2) Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘g‘inli so‘zlarga misollar to‘plang. 3) Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘g‘inli so‘zlarga misollar to‘plang. 4) Bir unli va to‘rt undoshdan iborat bo‘g‘inli so‘zlarga misollar to‘plang. 20- mashq. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri unli va faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zlarni alohida ajratib yozing. Balandparvoz, mehnat, botir, maktab, temir, g‘alla, toshloq, kitob, po‘lat, balki, paxta, allakim, anglamoq, alanglamoq, dilxiroj, yonbag‘ir, zamonaviy, kartoshkagul, olqish, payvand, shijoatkorona, o‘zbilarmon, qalampirmo‘nchoq. Urg‘u So‘z tarkibidagi biror bo‘g‘inning yoki gap tarkibidagi biror so‘zning boshqalariga nisbatan kuchli, zarb bilan talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi. Tushish o‘rniga ko‘ra urg‘u 2 turga bo‘linadi: 1) so‘z urg‘usi; 2) mantiqiy urg‘u. So‘z urg‘usi So‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushib, uning talaffuzini va ma’nosini shakllanitiradigan urg‘u so‘z urg‘usi deyiladi. O‘zbek tilida urg‘u ko‘pincha so‘zning oxirgi bo‘g‘inidagi unli tovushga tushadi: bola, maktab, chiroyli, katta, talaba kabi. So‘z qo‘shimchalar hisobiga kengayib borgan sari urg‘u ham oxirgi bo‘g‘inga ko‘cha boradi: bola-bolalar, bolalarning kabi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling