Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


Tarixiy–an’anaviy prinsip


Download 1.8 Mb.
bet78/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

Tarixiy–an’anaviy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra so‘z va uning qismlari tarixda qanday yozib kelingan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi. So‘zlarning tarixiy an’anaviy printsipda yozilishidan ko‘proq uslubiy maqsadlarda foydalaniladi: kelgin||kelgil, kelar||kelur, kelarmi||kelarmu, u||ul, bilan||ila kabi.
Etimologik yoki grafik prinsip. Bu prinsipga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar qaysi xalqning tilidan yoki grafiksidan olingan bo‘lsa, o‘sha qadimgi etimologik yoki grafik holatni saqlagan holda yoziladi: ma’no, she’r, a’lo, muammo, mojaro, fabrika, aeroport, stansiya, telegramma, fotoelement kabi.

30- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan. so‘zlarning orfografiyaning qaysi prinsipiga ko‘ra yozilganligini tushuntirib bering.

-Janob ustod, - murojaat etdi Behzod. Sherning bo‘ynidan zanjirlar uzildimi?
Navoiy “yalt” etib qaradi. Keyin kulimsirab dedi: - Haydar aytdimi sizga? U yigitning ko‘ngli g‘oyat beg‘ubordir.

  1. Haydar ishontirdiki, - dedi Behzod, - u yolg‘iz menga so‘zlangan. Men u rasmni ko‘rmoqqa mushtoqmen. Qachon ko‘rsatursiz?

  2. Meniki bamisoli bolalarning chizmakashligidek bir narsa... dedi Navoiy qolini silkib.

  3. Zanjirband sher oz asoratchilariga qarshi yana ham qo‘rqinchliroq bo‘lur, - dedi sekingina Behzod, - Sherning bo‘yni zanjirga itoat qilsa ham, yuragi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok etmaydilar... (Oybek).


31- mashq. Etimologik yoki grafik prinsip asosida yoziladigan sozlarga misollar keltiring va izohlang.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling