Xorijiy tillarni o’rgatish orqali bolaning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va dunyoqarashini shakllantirish
Download 0.65 Mb.
|
xorij
Angren shahar 40-sonli DMTT da MASLAHAT SOATI Mavzu: “Xorijiy tillarni o’rgatish orqali bolaning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va dunyoqarashini shakllantirish” Rus tili fani pedagogi: Sharaxmedova T.M. Angren 2023 y. Xorijiy tillarni o’rgatish orqali bolaning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va dunyoqarashini shakllantirish Baʼzilar bola xorijiy tilni egallash¬dan oldin oʼz ona tilida nutqi rivojlangan boʼlishi kerak, desalar, boshqalar koʼp tilni egallagan bolalar ona tilidagi soʼzlarni ik¬kinchi oʼrgangan tildagi soʼzlaridan farqlay olmaydilar, deb taʼkidlashadi. Biroq, olimlarning aniqlashlaricha, mak¬tabgacha, yaʼni 3 yoshdan chet tilini oʼrganishni boshlagan bolalar ijobiy natijalar koʼrsatganlar va til oʼrganmagan tengdoshlariga qaraganda ikki tilda ham erkin muloqotga kirisha oladilar. Shuningdek, ona tili va xorijiy tilni parallel ravishda oʼzlashtirgan bolalarda idrok etish, tahlil (analiz va sintez) qilish, tushunish, qiyoslash kabi koʼnikma-malakalar hosil boʼladi. Bundan tashqari, bu yoshda bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi kommu¬nikativ savodxonligi va oʼz-oʼzini anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga dastlab¬ki poydevor qoʼyiladi. Bola bu yoshda moddiy borliq goʼzalliklarini his etish, goʼzallik hamda nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni oʼziga singdirish, ardoqlash hamda rioya qilish koʼnikmalarini ham shak¬llantira boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar kattalarga taqlid qiladilar. Sogʼlom bola 7–9 oyligidanoq ayrim tushunchalar mohiyatini anglay bosh¬laydi. 1 yoshga kirgan bola 100 ga yaqin soʼzni tushunadi va ayta oladi. 2 yoshga yetganda esa soʼzlar miqdori 300 ga yetadi. 3 yoshga toʼlganda soʼzlar miqdori 1200–1300 tani tashkil etadi. Endi u grammatik qoidalarsiz, oʼzi mustaqil ravishda soʼzlar, gaplar yasay boshlaydi, soʼzlarni mantiqan aloqaga kiritib fikri¬ni bayon qiladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni oʼzlashtirishi maʼlum bir faoliyatga aylana boradi. Mazkur yoshdagi bolalar oʼz idrokla¬rining aniqligi, ravonligi, oʼtkirligi bi¬lan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, oʼta sinch¬kovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini oʼzlashtirish imkoniya¬tiga ega boʼladilar. Psixologlar bola 3 yoshdan boshlab jis¬moniy va psixologik jihatdan faol rivoj¬langanligi sababli, bu yoshda til oʼrganish oson kechadi, degan gʼoyani ilgari suradilar. Vaholanki, bu yoshda bola yetarli soʼz boyligi¬ga ega boʼlib, unga xorijiy til oʼrganishga im¬koniyat yaratadi. Bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularning makonda joylashishini bilish bilan birga, ularni taqqoslay oladi. Bu yoshda normal rivojla¬nayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadi. Shu¬ning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladi. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tas¬virlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam goʼzalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajrata¬di va oʼz munosabatini bildira oladi. Bola¬ning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga oʼz psixik funktsiyalari¬ni yuqori darajada tashkil etish hali bir-muncha murakkablik tugʼdiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni oʼqitishda nafaqat ilmiy, balki ijodkorona yonda¬shish talab etiladi. Dars-mashgʼulotlarni 30 daqiqaga moʼljallash va mashgʼulot turlari¬ning rang-barangligiga (harakatli oʼyinlar, qoʼshiq, video va audio vositalar) eʼtibor be¬rish maqsadga muvofiqdir. Xususan, bolaning individual jihatlarini, qiziqishlarini va kayfiyatini hisobga olgan holda darslarni tashkil etish ijobiy natija beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar harakatli oʼyinlarni katta qiziqish bilan qabul qilganliklari sababli, ularga bir necha marta soʼzlarni takrorlab yod oldirishdan koʼra harakatli oʼyinlar yoki audio-video vositalar orqali namoyish etish koʼproq sa¬mara beradi. Bola tezda oʼzi yoqtirgan soʼz va iboralarni yod oladi, nutqida qoʼllay oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni iro¬daviy zoʼr berish bilan boshqarish va vaziyat¬ga moslash imkoniyati yaxshi boʼlmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ix¬tiyorsiz diqqat koʼproq rivojlangan boʼladi. Shuning uchun ham ular oʼz diqqatlarini mu¬ayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqatlarini obʼektlar ustida uzoq ushlab tura olmaydilar. Dars-mashgʼulotlarda oʼquv materiallari¬ning yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi bolada beixtiyor his-tuygʼular uygʼotadi. Chet tilini oʼrganuvchi bolalarning nutqi faol rivojlanadi, soʼz, lugʼat boyligi osha¬di, grammatik jihatdan gapni toʼgʼri tuzish koʼnikmasiga ega boʼladilar va fonematik eshitish qobiliyati shakllanadi. Interfaol oʼyinlar bolalarning tasav¬vuri, xayolot dunyosi, xotirasi va narsa- buyumlarga boʼlgan eʼtiborini oshiradi, umumlingvistik va aktyorlik qirralarini namoyon etadi. Bola soʼzlarni qanday eshitgan boʼlsa, ularni toʼgʼri talaffuz etishga oʼrganishi za¬rur. Bundan tashqari, oʼqituvchi oʼquvchining bilimini sinashi, koʼnikma va malakalarni aniqlashi, uning shaxsiy fikrini bilishi uchun albatta toʼgʼri savol qoʼya olishi kerak. Demak, savollar: - qisqa va aniq boʼlishi; - bitta savol bilan bitta narsa soʼralishi; - savol mavzuga doir boʼlishi; - savoldagi soʼzlar oʼquvchilarga tushunar¬li boʼlishi; - oddiydan murakkabga, soddadan umumiy¬ga borishi lozim. Bolalarga til oʼrgatishda quyidagi oʼyinlardan foydalanish tavsiya etiladi: «Tez javob» oʼyini. Oʼqituvchi yoki boshlov¬chi qator oralab yurib, bolalardan birini turgʼazadi va biror-bir coʼzni aytadi. Bola shu soʼzning qaysi mavzuga doirligini topib, aytishi lozim. Javobni tez aytishga harakat qilish kerak. Bola javob berolmasa, keyin¬gi boladan soʼrash mumkin. Masalan: A horse – domestic animal (Ot – uy hayvoni); A wolf – wild animal (Boʼri – yovvoyi hayvon). Bu oʼyin bolalarni hozirjavoblikka, uy hayvonlarini yovvoyi hayvonlardan farqlay olishga oʼrgatadi. «Rasmlar» oʼyini. Oʼqituvchi predmet yoki hayvonlar tasvirlangan rasmlarni stol ustiga qoʼyib chiqadi va bolalardan birini chaqiradi. Undan rasmlar orasidan qofiyasi mos keluvchi 2 ta rasmni tanlashni soʼraydi. Masalan: ball-doll, dog-frog, cat-rat, fox-box, cat-bat. Bunday oʼyinlar davomida bolalarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malaka¬lari rivojlanadi, u atrof-muhitni sinch¬kovlik bilan kuzatishga oʼrganadi, atrofda¬gi sodir boʼladigan hodisalarga qiziqishi ortadi. Bu oʼyinlar mashgʼulotlar davomida oʼtilgan mavzuga bogʼlanib, ulardan dars-ning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqasida foydalaniladi. Rasmlarni tasvirlash («Describe the picture»). Oʼqituvchi bolalarga rasmlarni tarqatib chiqadi va ular rasmlardagi pred¬met nomini, rangini va shaklini tasvirlay¬dilar. This is a ball. This is a red ball. This is a big ball. Mashgʼulotlarda koʼrgazmali qurollardan rangli kartochka va rasmlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Tasvirlar bolalar¬da estetik va badiiy didni rivojlantiradi, predmet nomlarini eslab qolishlariga yor¬dam beradi. Pantomima oʼyinlari. Pantomima oʼyinlari ham bolalarning topqirligini ri¬vojlantirish uchun xizmat qiladi. Oʼqituvchi bolalarga mimikalar, harakatlar yordamida soʼz-iboralarni namoyish etadi, bolalar esa uni topadilar. Masalan: oʼqituvchi oʼqish harakatini baja¬radi va bolalar harakat nomini aytadilar – I read. Xorijiy til oʼrgatishda quyidagilarga eʼtibor berish kerak: - har bir mashgʼulotda 4–5 ta soʼz oʼrgatish; - ragʼbatlantirishning turli usullaridan (ogʼzaki va moddiy) foydalanish; - mashgʼulotlarda ona tilida soʼzlashishni cheklash (90% ingliz tilida); - soʼzlashish malakasini rivojlantirish maqsadida nutq faoliyatida zarur boʼlgan toʼliq nutq tuzilishidan foydalanish; - juftlik va guruhlarda ishlash. Bu guruhda psixologik muhitni yumshatadi, yaʼni oʼzaro doʼstona munosabatda boʼlish, hurmat qilish, qoʼllab-quvvatlash kabi xislatlarni rivoj¬lantiradi; - bolaning qisqa muddatli xotirasi¬ni hisobga olgan holda uzluksiz ravishda oʼtilganlarni takrorlab borish; - oʼqituvchining savol va topshiriqlariga hozirjavob boʼlishini taʼminlash. Metodlar va usullar: - talaffuz ustida ishlash (tez aytishlar, rifmovkalar), masalan: One, two What I must do. Three, four Shut the door. Five, six Look at the bricks. Seven, eight Close the gate. Nine, ten A good fat hen. - oʼyinchoqlar bilan ishlash (oʼyinchoqlar yordamida dialog tuzish, ularni tasvirlash), masalan: What is it? - It is a doll. - What colour is it? - It is red. - rasmlar bilan ishlash (rasmni tasvir¬lash, harakatli oʼyinlar,ijodiy ishlar); - sheʼrlar, qoʼshiqlar yod olish, masalan: Rain, rain no game. Rain, rain go away. Come again, another day Tom and Mary want to play. Xulosa oʼrnida shuni aytish lozimki, mam¬lakatimizda yosh avlodning har tomonlama kamol topishida xorijiy tillarning oʼrni beqiyosdir. Qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni oʼrganish tizimini yana¬da takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-1875-sonli qarorining asosiy maqsadlaridan biri mustaqil va za¬monaviy fikrlovchi, chet tillarda erkin soʼzlasha oladigan yoshlarni tarbiyalashdir Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling