Xosiljonova dildoraxonningi botanika fanidan
Shakli o‘zgargan barglar (barg metamorfozi)
Download 53.9 Kb.
|
208 Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barglaring ichki tuzilishi .
2.3 Shakli o‘zgargan barglar (barg metamorfozi)
O‘simlikning bargi bajaradigan vazifasiga qarab o‘z shaklini o'zgartirishi mumkin. Masalan, barg tikanga, jingalakka aylanishi mumkin. Barg shaklining o‘zgarishi barg metamorfozi deyiladi. Parazit hayot kechiruvchi o'simliklarda barglar qobiqchaga aylanadi yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Masalan, shumg‘iyada barg qobiqchaga aylangan, devpechakda esa yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘p yillik o‘tlaming ildizpoyasida ham bargtar qobiqchaga aylangan boiadi. Piyozning ustma-ust joylashgan seret barglari oziq moddalar to‘planadigan joyga aylangan. Kaktus o'simligida fotosintez barglarda emas, balki asosan o'simlik poyasi hujayralarida amalga oshadi. Qalin etli barglar hujayralarida suv zaxira shakiida to'planadi, shuningdek shakli o'zgargan barglar - tikoniar o'simlikni o‘txo‘r hayvonlar yeb ketishidan saqlash funksiyasini bajaradi. Ayrim o'simlik turlarida ko‘rimsiz va gultojibarglarga ega bo‘lmagan gullaming atrofida xuddi gultojibarglar kabi yorqin rangga ega bo'Igan — shakli o‘zgargan barglar doira shakiida joylashadi. Masalan, euforbia (Euphorbia pulcherrima) o‘simlik turining ko‘rimsiz gullari atrofida gultojibarglarni eslatuvchi yorqin qLz.il rangdagi shakli o'zgargan barglar joylashgan. Bu «yolg‘ondakam gultojibarg» barglar gulning changlanishi uchun hasharotlarni jalb qilish funksiyasini bajaradi. Ayrim o‘simlik turlari poyasida shakli o‘zgargan barglar gajak hosil qiladi, bu gajaklar o'simlikning boshqa o'simliklar poyasiga va shuningdek, qattiq substratlarga chirmashini ta’minlaydi. No‘xat, mosh, loviya o'simliklarida barg jingalakka aylanib, yonidagi tik turgan narsalarga ilashib oladi, ya’ni bunday o‘simliklar jingalaklari yordamida vertikal holatda joylashadi. Soxta akatsiyada yonbargcha tikanga aylangan. Bir qator o‘simlik turlarida shakli o'zgargan barglar suv va boshqa tipdagi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plash funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, shakli o‘zgargan yer osti poya hisoblangan piyozboshning ustki qismi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plovchi shakli o'zgargan barglar bilan o‘ralgan. Piyoz va lola o'simligi piyozbosh hosil qiladi. Qurg'oqchilik hukmronlik qiluvchi iqlim mintaqalarida o‘sishga moslashgan, aloe kabi ko‘pgina o‘simlik turlarida suv saqlashga ixtisoslashgan shakli o'zgargan burglar shakllangan. Jumladan, Afrikatosh o‘simligi (Lithops karasmontana) tashqi morfologik ko‘rinishidan toshni eslatuvchi, suvni ko‘p miqdorda saqlovchi qalin shakli o‘zgargan barg hosil qiladi. Shuningdek, bu barglarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Ayrim o'simlik turlarida odatdan tashqari g'ayrioddiy funksiya bajaruvchi shakli o‘zgargan barglar ham shakllangan. Masalan, tropik mintaqalarda o‘suvchi Dischidia rqfflesiana epifit o'simlik turi boshqa daraxtlar poyasiga chirmashib o'sishga moslashgan bo‘lib, poyasida 2 ta tipdagi: ya’ni me’yoriy funksiya bajaruvchi barglar va ichi bo‘sh idish (tuvak) shaklidagi barglar hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar yashash sharoitiga moslashgan bo‘Iadi: cho‘lda yashaydigan velvechiya va suvda hayot kechiradigan nilufar o‘simJigining barglarida o‘ziga xos morfologik va anatomik tuzilishida o‘zgarishlar kuzatiladi. Suvda yoki botqoqlik yerlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari hasharotlami tutib olib, uni hazm qilishga moslashgan. Shuning uchun ham ular hasharotxo‘r o‘simliklar deb ataladi. Tropik mintaqalarda o‘suvchi ayrim hasharotxo‘r o'simlik barglari hosil qiluvchi idishsimon «qopqon» o‘lchami yetarli darajada katta bo‘lib, uning ichki hajmi 1 Jitrgacha yetishi mumkin. Dionea muscipula o'simlik turi barglari hasharot qo‘nishi bilan tezda qopqon mexanizmi asosida yopiluvchi tutqichga ega. Idishning chetida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi kuchi hidga ega bo‘lgan nektar turli xil hasharot turlarini o‘ziga jalb qiladi va hasharot sirpanchiq yuzadan idishning ichiga qulab tushadi. Garchi, uchish xususiyatiga ega bo‘lgan hasharotlar idishning ichki qismidan chiqib ketishga harakat qilsa-da, biroq idishning devorlari sirpanchiqligi va og*iz qismida joylashgan soyabonsimon qoplag‘ich hasharotning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada hasharot idish ichida suyuqlikka cho'kib nobud bo‘ladi. Shuningdek, idish ichidagi suyuqlikda ayrim hasharotlaming lichinkalari, mikroorganizmlar hayot kechirishga moslashgan. Bu organizmlar hujayralarida sintezlanuvchi ferment tizimi suyuqlikning parcha- lovchi ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bu organizmlar idish ichiga tushib qolgan hasharotlar parchalanishi hisobiga hosil bo‘lgan ozuqa qoldiqlari bilan oziqlanadi. Hozirgi vaqtda bu organizmlaming idish ichidagi kuchli parchalovchi suyuqlikda yashashga moslashish mexanizmlari toiiq holatda o‘rganilmagan. Hasharotxo‘r o‘simliklardan Dionea muscipula barglari qopqonga aylangan bo‘lsa, attenboro hepentesida (Nepenthes Attenboroughii) esa hasharot tutuvchi kuvacha ko‘rinishiga o‘tgan. Shakli o‘zgargan qopqonsimon bargning har bir yopiluvchi chekka qismlarida uchta-oltita kichik o‘lchamdagi, qattiq tikonchalar shaklidagi o‘siqIar shakllangan. Agar tutqich bargga qo‘ngan hasharot o'rtacha 20 sekund davomida tikonchalardan kamida ikkitasiga tegib ketsa, u holda signalizatsiya tizimi ishga tushadi va favqulodda darajada tezkorlikda qopqon yopiladi. Qopqon tikonchalari o‘zaro bir-biriga taqalib turishi hisobiga hasharot chiqib ketishi mumkin emas. Hasharot chiqib ketishga harakat qilib qimirlashi davomida bargning ichki qismida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi hazm qilish fermentlariga «cho ‘miladi» va o‘z navbatida, hasharot tanasi parchalanishi boshlanadi. Hasharot nobud bo‘lganidan keyin, 5-12 kun davomida hasharot tanasining yumshoq to‘qimalari parchalanadi va o'simlik tomonidan o‘zlashtiriladi, hazm bo‘lmagan tana qismlari tashqariga chiqarib tashlanadi. Shuningdek, hasharotxo‘r o‘sim!ikIar hasharot tutmagan vaqt davomida fotosintezlash xususiyatiga ega hisoblanadi. Hasharotxo‘r o‘sim!ik turlaridan yana biri - Sundew hisoblanib, bu o‘simlik turi faol tarzda ov qilish mexanizmiga ega. 0‘simlik barglarining yuzasida bez shaklida suyuqlik sekretsiyalovchi tukchalar qoplami mavjud bo‘lib, hasharot qo'nishi bilan tezda yo'naltirilgan holatda harakatlanish xossasiga ega. Bu tukchalar hujayralarida yopishqoq va kuchli hazm fermentlari sintezlanadi. Hasharot o‘simlik bargiga qo'nishi bilan unga yopishib qoladi va qutilib ketishga harakatlanishi davomida bargda boshqa tukchalarga signal uzatilishi hisobiga ular ham faollashadi va tezlik bilan hasharot tanasiga yopishadi. Barglar har xil shaklda bo‘ladi. Plastinkasi (yaprog‘i)ning shakliga qarab oddiy va murakkab barglar bo‘ladi. Barg, bir bandda faqat bitta yaproqqa ega bo‘lsa oddiy barg deb ataladi. Xazonrezlik vaqtida oddiy barg bandi va yaprog‘i bilan bir vaqtda uzilib tushadi. Oddiy barg shaklini aniqlashda uning konsistensiyasi (lot. konsisteros - tuzilishi), umuman ko‘rinishi, asosi, uchi, chetlari, tomirlanishiga qarab tasvirlanadi. Mashhur shved olimi K. Linney 170 dan ortiq barg xillarini aniqlagan. Barglarning shakli va tomirlanishi tur, turkum, oila va sinfning belgilaridan biridir. Shuning uchun ularni o‘rganish va tasvirlash botanika sistematikasida muhim ahamiyatga ega. Oddiy barglar o‘z yaprog‘ining shakliga ko‘ra ninabarg, qalami cho‘ziq, nashtarsimon, tuxumsimon, kuraksimon, buyraksimon, yuraksimon, kamonsimon kabi shakllarda bo‘ladi. Barg shapalog‘ining uchi, tagi va cheti ham xilma-xil. Chunonchi, barg uchi - nishdor, o‘tkir, to‘mtoq, to‘garak, o‘yma va h.k.; barg tagi ensiz ponasimon, ponasimon, keng ponasimon, yopishqoq, kesik, to‘garak, o‘yma, yuraksimon; barg shapalog‘ining cheti (qirralari): arrasimon (o‘rik, tol va boshqalarda), qo‘sh arrasimon, tishsimon (sho‘ralarda); to‘mtoq tishli (kungurali); o‘yilgan, butun (tekis) bo‘ladi. Barglaring ichki tuzilishi. Barglaming ichki tuzilishi, ularning bajaradigan fimksiyasiga qarab o‘zgargan bo‘ladi. Bargning tashqi sharoitiga moslashuvchi organ ekanligi, uning ichki tuzilishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzilishiga undagi, ayrim gistologik elementlaming struktu- rasiga va ularning joylashish tartibiga suv rejmi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bargning ichki tuzilishi, hatto bir o‘simlikning o'zida ham farq qiladi. «Yorug‘likda va soyada o‘sgan barglar, hatto bitta o‘simlikda har xil yarusda joylashgan barglar bir-biridan farq qiladi» - deb ko‘rsatgan edi V. R. Zalenskiy. Barglar o‘simlikning ustki yarusiga ko‘tarilgan sari ma’Ium bir sathda barg tomiri yig‘indisining uzunligi ortib boradi, gistologik elementlari zichlashadi, hujayralar birmuncha kichrayadi, hujayra po'sti va kutikulasi qalinlashadi. Ayniqsa, ustki yarusda ustitsalarning hajmi birmuncha kichrayadi, miqdori esa ko‘payadi. BSrgning et qismida mezofilldagi ustinsimon parenximalarda ham o‘zgarishlar bo‘ladi, hujayralar oralig‘i qisqaradi va zichlashadi. Izenning epidermis hujayralarining ustki devorlari sezilarli darajada qalinlashgan va kutikula bilan qoplangan. Uning ustitsalari kichkina bo‘lib, 1mm kv yuzada 67 donagacha bo‘ladi. Epidermis hujayralari tuklar bilan qoplangan. Suv saqlash funksiyasini bajaruvchi bir yoki ikki qavat yupqa po‘stli rangsiz parenxima hujayralar - gipoderma epidermis ostida joylashgan. Bargning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan bargplastinkasining formasiga, ya’ni uning yassi, keng yoki ingichka va ignasimon bo‘lishiga bogiiq. Ikki pallali o‘simliklaming kengplastinkali bargi ikki asosiy qismdan: barg eti va tomirlarga qaraganda yupqa bo‘Iadi. Ikki pallali o‘simliklar bargini ichki tuzilishini o‘rganganda, uning et qismi usti va osti tomondan epidermis bilan qoplanganligini kuzatish mumkin. Ustki epidermis tashqi tomondan rangsiz mumsimon modda kutikula pardasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ustki epidermis ostida ustinsimon to‘qima joylashgan bo'lib, barg eti qalinligining yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Ustinsimon to‘qima ostida dumaloq shaklli hujayralardan iborat g‘ovak to‘qima joylashadi. Epidermisning ichki qismida kollenxima joylashgan. Bargning et qismi asosiy parenxima bilan to‘lgan bo‘lib, ustki qismiga yaqinroq joyda ksilema, ostiga yaqin qismida lub joylashgan bo‘ladi. Epidermisda oddiy va bezli tuklar hamda barg og‘izchalari (ustitsalar) joylashgan. G'o‘za bargining Ism2 ustki epidermisida 400ta og‘izcha boisa, ostki epidermisida 226000ta og‘izcha bo'ladi. Og‘izchalar orqali transpiratsiya (suv bug‘latish) va gazlar almashinuvi jarayoni boradi. Bug‘doy bargining et qismini mezofill tashkil qiladi. Mezofill deyarli bir xil ko'rinishdagi bulutsimon hujayralardan iborat bo‘lib, barg tomiri ustida joylashgan hujayralar bu hujayralarga nisbatan ancha kichik bo‘lib, o‘tkazuvchi bog‘lamni o‘rab turuvchi hujayralar deb yuritiladi. Barg mezofill qavatidagi bulutsimon to‘qima hujayralari epidermisga nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lib, bu to‘qima hujayralari xlorofillga boy bo‘ladi. Ularda fotosintez jarayoni boradi. Bunday o'simliklarga so‘li, arpa, sholi, oq jo‘xori kabi bir urug‘pallali o‘simliklar kiradi. Ustki epidermisning yirik yelpig‘ichsimon hujayralari motor hujayralar deb yuritiladi va o‘simlik suvga nisbatan tanqislik sezgan vaqtida ular tezda turgor holatini yo‘qotadi. Barg tomirlari ikkita asosiy vazifani bajaradi. Ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun suv va unda erigan mineral hamda organik moddalar oqadi. Mexanik to‘qimalar esa barg etini mustahkam tutib turadi. Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo ahnashinib turishini to’g‘ri ta’minlab beradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik-mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim 0‘simiikIaming (piyoz, begoniya, tradeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har xil rangga bo‘yaydi. Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida kocpgina ustitsalar joylashadi. Epidermis hujayralari ustida oddiy, hujayralar orasida esa tuklar joylashgan bo‘ladi. Oddiy tuklar ко‘pine ha oq rangda yoki rangsiz bo‘lib, quyosh energiyasini qaytaradi. Ustitsalarni ustini yopib qo‘yib, suv bug'lantirishni kamaytiradi. Bezli tuklar esa har xil kislotalami va efir moylarni ajratish bilan birga himoya vazifasini o‘taydi. Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilatsion to"qimalar joylashgan. Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi, ya’ni xlorofill dona- chalariga ega bo‘Igan mezofill hujayralar qavati epidermis qavati tagida joylashgan ustunsimon va nisbatan ichki qismda joylashgan- g ‘ovak mezofill hujayralaridan tashkil topgan. Bargning ichki qismida mezofil] hujayralari qavatida turli xil yo‘na.lishda joylashgan o‘tkazuvchi bog‘lam tizimi hujayralari joylashgan. Bargning mikroskopik tuzilishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar) barglarda bir yoki bir necha qavat ustinsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil boMadi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin boMadi. Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hasoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayralardagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘Isa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib yorug‘!ikdan qochadi. Yorug'lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi. Barg assimilatsion to‘qimalari orasida tomir qismi-tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomonida joylashadi. Ostidan epidermis bilaxi qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobi- lyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har xil organi hamda anorganik moddalami to‘playdi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishdan asrovchi mexanik to‘qima- sklerenxima ham mavjud. XULOSA O’simliklarda barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barg sathininng asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug’lab havoga chiqarish) dan iboratdir. Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral (lat. dorzo-orqa, venter-qorin) tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko’tarilib turadi va shu sababli o’simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgor hodisasi saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya vositasi o’simliklarni qizib ketishidan saqlaydi. Barg sathining o’sishi yorug’likni tutishiga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug’latishga bo’lgan moslamadir. Bu moslama uzoq davom etgan evolutsiya jarayonida o’simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan. Bargning (plastinkasi) yassi, uning ikki tomoni bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bunday barglar bifasial (lat.bis-ikki, fasio-tomon, yuz) yoki ikki tomonli barg deb ataladi. Barg o’zi joylashgan o’qqa (poyaga) qaragan tomoni jihatidan har-xil, uning ustki qismi adaksial (lat. ad-ga,aksis-uk), yon yoki ostki qismi abaksial (lat, abudan) deb ataladi. Bargning ustki va ostki qismi anatomik tuzilishi, tomirlanishi va rangi bilan farq qiladi. Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling