Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla


Download 61.5 Kb.
bet8/10
Sana25.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1231651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xosiya Axmedova sherlari

Langir-lungir

Sanam girding, manam girdim daliza,


Bir olmo otvadim deydimi siza.
Olmo deygan joyni go‘rsating biza,
Teyipla axtarip getaman siza.

Ey og‘ojon, ayvoningni g‘olisi bomi,


Yurakkinam o‘rtanadi dorisi bomi.
Dori barsang orom olar shu jonimey,
Yoningda o‘lganni armoni bomi.

Karovotda yotdim big‘ir-big‘irdap,


Quloqima bir gap galdi shivirdap.
Belimnan oshoki getdi jimirdap,
Oryonini aytaslarim galmidi,
Ana langir lungir,

Vuey, ina langir lungir.


Oq bola

Shu yerlarda bir yigit bo, oq bolo,


Yurak shuni divaradi na balo.
Go‘rgan soyin galavarar go‘rasim,
Oq bolog‘o borosim bo, borosim.

Oq boloni yuzlarinda xoli bo,


Quri xolmas, lablarinda boli bo.
Shuni mandin yurakinda zori bo,
Zori bo‘lsa mandin vafodori bo.

n a q a r o t


Shu oq bolo dum xo‘shiro‘y mo‘ylovli,
Qo‘zi, qo‘chqor, o‘kiz, qo‘yli yaylovli.
Og‘ojonim chetroq yursin qizlodon,
O‘rtamiza tushmasin bir biyovli.

n a q a r o t


Go‘z uchindo mongo qorob boqosiz,


Gulib qo‘yib aqlu hushim olosiz.
Lekin sizni diman man to o‘lguncha,
Bila go‘ra boshqoloro doqosiz,
Jonim yoqib o‘zgalara doqosiz.

n a q a r o t




Ota jonim

Tiriklikda mehringizga to‘ysaydim zora,


Tushlarimda ko‘ray deyman bir bora,
Sizsiz kunim tundek go‘yo zimiston.

Bog‘u rog‘u, guli gulzor qoldilar zorlab,


Baxtli edim sizning bilan vaqtimni chog‘lab,
Dunyolardan kechdim ota sizni so‘roqlab.

Ruhingizni shod qilishga sahar tongda turay,


Barcha oyat suralarni yod olay, bilay,
Ota sizni haqqingizga duolar qilay,
Jannat bog‘larida yuring, Ollohdan so‘ray.


Javobingni bar indi

Go‘zlaringa qarob yonaman,


Mehringo man qachon qonaman,
Yuz oshig‘ing ichra bir donaman,
Javobingni bar indi mango.

Bo‘ylaringnon o‘zim oynonin,


Zulfingo tor bo‘lip boylonin,
To‘yimizo tezroq shoylonin.
Javobingni bar indi mango.

Ichim yoqib mango boqosan,


Hammaladan o‘zing yoqasan,
Har kimlara naya doqasan,
Jovobimni bar indi mango.

Rozi bo‘lsong to‘yni boshlosak,


Boxt o‘yina qadam toshlosak,
Yangi hayot qurib yoshnosak,

Xosiyat der gal indi mongo,


Roziliging bar indo mongo.


Baxor keldi

Darak berdi bahordan mayin sabo,


Samo yerga shivirlab berdi sado,
Bahor faslin nafasi dardga davo,
Bugun bayram kuylaylik,
Navro‘z bayram xush kelding,
Kel marhabo!

Bahor bilan tong sahar erta turing,


Dehqon bobo bellashib javlon uring,
Turfa gullar qadashga yerni suring.
Bog‘ adirdan qizg‘aldoq, lola tering,
Navro‘z oyga gul chambar tuhfa eting.



Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling