Xotira abadiy,Qadr muqaddas


Download 12.99 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi12.99 Kb.
#1777797
Bog'liq
Xotira abadiy,Q-WPS Office



Xotira abadiy,Qadr muqaddas
Esse
Xotira va qadrlash deganda biz,avvalo o’zimizni inson sifatida anglashni odamiylik fazilatlarimizni ulug’lashni nazarda tutamiz. Eng muhimini bu hayajonli va iztirobli o’zimizga keladigan yosh avlodni man shu ruxda tarbiyalashga, ular qalbida va iftixor tuyg’ularni uyg’otishga xizmat qiladi”
(Islom Karimov )
Kunlar kunlarni, yillar yillarni quvib, bu ko‘hna dunyo, shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Oqar yillar esa insonning umri boqiy emasligi ongimizda xotira degan tushunchani paydo qilgan bo‘lsa, ajab emas.
XOTIRA...
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.
Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng, olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy otaxonlarni-onaxonlarni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.Bu jihatlar yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoiy yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
.... Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.


Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Bugun O’zbekiston inson ,uning hayoti ,erkinligi ,sha’ni ,qadr –qimmati ulug’lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi Har yilgi an’anaga ko`ra osmoni hamisha beg`ubor va musaffo bo`lgan jonajon O`zbekistonimizda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Vatan fidoiylari, mardlik va jasorat sohiblariga bo`lgan ehtirom Xotira maydonlarida boshlanadi..
Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt.
EHTIROM
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q!»
Prezidentimizning bu so‘zlari bugungi hayotimizning har bir jabhasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, tarixiy adolatni tiklamay turib, buyuk kelajakni qurib bulmaydi. YAqin o‘tmishimizda istiqlolni orzu qilgan, yurtimiz tinch bulein, deb yashagan, ammo bu kunlarga yetmaganlar yodi hamisha qalbimizda. Shu ma’noda, istiqlol yillarida poytaxtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida qad rostlagan Xotira maydoni tabarruk va muazzam maskanlarimizdan biridir.
Ushbu maydon shu kunlarda yanada gavjumlashgan. Poytaxtimiz ahli hamda mex,monlar, nuroniylar, uk.uvchi-yoshlar, xorijlik mehmonlar Motamsara ona haykali poyida bir zum to‘xtab, tinchlik va osoyishtalik hakida suhbatlashishmoqda. Kechayu kunduz o‘chmaydigan alanga hamda xaykap atrofida bitilgan: «Sen doim qalbimizdasan, jigarim» so‘zlari o‘tganlar xotirasi hech qachon unutilmasligini eslatadi, go‘yo.
Bugungi baxtli, farovon hayotimizga ko’z tegmasin. Zamon talablaridan ortda qolmay, jadal qadam tashlar ekanmiz, tarixni, o’tmishni unutmaylik. Zero, bu bizga tinchlik degan eng oliy ne’matni qadrlab yashashga undaydi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov iborasi bilan aytganda, tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Biz o’tgan ajdodlarimiz ruhini shod aylab, xotirlab yashaylik. Ayniqsa, urush zahmatlarini tortib, azob- uqubatlarga duchor bo’lib, dunyodan ko’z yumganlarni xotiralarda, qalblarda mangu saqlaylik.
O’tayotgan har bir kunga shukrona qilib,
Do’st-u yoring diydorini g’animat bilib,
Eng oliy baxt- o’z yurtingda toleying kulib,
El kuniga yarasang gar hech bo’lmaysan xor,
Bu kunlarga yetganlar bor yetmaganlar bor.
Oʻtganlar xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish xalqimizga xos yuksak fazilat hisoblanadi 9 may – Xotira va qadrlash kuni. Bu sana xalqimizning tinchlik uchun jon fido qilgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, urush yillarida cheksiz sabot va matonat ko‘rsatgan ajdodlarimiz qahramonliklarini ulug‘lash, hozirda ham qatorimizda turib, bizni ruhlantirib, ma’nan qo‘llab-quvvatlayotgan otaxonu onaxonlarimizni qadrlash kunidir.
Bugungi kunda ham tabarruk yoshga yetganiga qaramay, Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Xotira bor ekan – millat barhayot
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.
Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.
9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Biz yoshlar shu aziz va muqaddas yurtning farzandlarimiz. Biz shu tug'ilib o'sgan zaminimiz, ona Vatanimizdan o'la-o'lguncha qarzdormiz. Shu bilan birgalikda biz shunday tinch, osmoni musaffo, tunlari osuda Vatanda tug'ilganimizdan, shu yurtning farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz .Mening fikrimcha ularga munosib avlod bo`lib yetishish uchun birinchi navbatda yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlardan keng foydalanishimiz, shu imkoniyatlar orqali oldimizga qo`yilgan maqsadga yetishishimiz, bu yo`lda o`z ustimizda to`xtovsiz ishlashimiz kera
Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining be’takror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari, xotira va qadr tushunchalari bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat va shafoatga to‘la insonlargina o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi, fidoyi yurtdoshlari, yorug‘ kelajak yo‘lida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga yetadi.
Xotira va qadrlash tushunchalari tobora teran ahamiyat kasb etayotganining yana bir sababi shundaki, insonga mehr ko‘rsatish, uni ulug‘lash, qadrlash va e’zozlashga qaratilgan ushbu a’mollar bizni globallashayotgan va tez o‘zgarib borayotgan murakkab davrimizning turli tahdidlarga nisbatan sezgir va hushyor bo‘lishga, kechagi kun jarohatlaridan saboq chiqarishga undaydi. Bu borada, ayniqsa, buyuk kelajak egalari - navqiron avlod zimmasidagi mas’uliyat g‘oyat kattadir.

Eng muhimi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni yod etish, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam qaror topmoqda. Tarixdan saboq chiqarib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamay, milliy o‘zlikni anglagan holda, muzaffar ajdodlarning hech kimdan kam bo‘lmagan avlodi ekanimizni anglab yashayapmiz.



Shu nuqtai nazardan, bu yorug‘ va dorilomon kunlar yo‘lida qurbon bo‘lganlar ruhini shod etish, mo‘tabar keksalarimiz duosini olish, tinch hamda osoyishta zamonning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ularini his etish bizga katta quvvat bag‘ishlaydi, ruhiyatimizni poklab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi. Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan hech bir kishini xotirasidan forig‘ qilmaydi.


Download 12.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling