Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotira jarayonlari. Xotira turlari. Xotiradagi individual farqlar
Download 50.37 Kb.
|
Xotira bilan bog’liq hodisalar.Fenomenal xotira
Xotiradagi individual farqlar.
Xotiraning individual xususiyatlari juda ran-barang bo’lib ular ichidan xotira tiplarini aloxida kayd etib utish kerak. xotira tiplari avvalo erkin obrazli va suz mantik xotira tiplariga ajratiladi. Xotira jarayonlaridagi individual farklarii esda olib kolishning tezligida, aniqligida, mustaxkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Xotiraning sifatiga ko’pincha faqat esga olib qolish tezligiga qarab baxo beradilar. Bunday fikr ayniqsa maktab o’quvchilariga nisbatan kup tarkalgandir O’quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli va ayniksa, sekin esda olib kolar ekan - xotirasi bo’sh, ammo bunday qarash notugri faqat esda olib kolish tezligiga qarab, xotiraning kuchli kuchsizligiga qarab baxo berish yaramaydi. Xotiraning kuchli-kuchsiz bulishini biz xam esda qoldirish va xam esdan chikarib qo’yishning tezlik darajasiga qarab bilamiz tez esga olib, sekin, bora-bora unitish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo’lsa, sekin esga olib qolish va tez esdan chiqarib qo’yish kuchsiz xotira belgilaridandir. Xotiradagi individual farklar yana shunday xollarda namoyon bo’ladiki bir xil odamlar obrazli materiallarni birmuncha samarali va mustaxkam esda olib koladilar, boshqa bir odamlar esa suz materiallarini yaxshi esda saklab koladilar, uchinchi bir toifa odamlarda esa ma’lum materialni esda olib kolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi, shunga muvofik ravishda, psixologiyada xotiraning kuyidagi tiplari farklanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z-abstrakt xotira va oraliq tipdagi xotira. Xotiraning bu tiplari odamlarning yuksak nerv faoliyatlaridagi birinchi va ikkinchi signal sistemasining o’zaro munosabatiga ma’lum darajada bog’liqdir. XULOSA Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unitish ham xotiraga oid hodisadir. Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, mazmunan obrazli xotiraga talluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so'z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar, boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish tizimlari emas, balki nutqda ifodalangan ma'no, o'z va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma'no jihatdan mantiqiy suratda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so'z- logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko'ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar. Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so'z-logik, emotsional(tuyg'u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi. Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish)dan iborat bo'lgan aqliy faoliyatni xotira deyiladi. Download 50.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling