1 Rasm. Xotiraning psixologik mexanizmi.
4.Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.
|
Inson xotirasini yaxshilashning ko‘plab usullari mavjud. Mnemotexnik usullarning mohiyati yod olinishi zarur bo‘lgan materialni ma’lum taxlitda tuzishdan iborat. Mana shunday usullardan ba’zilari.
Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog‘liq bo‘lgan she’r, qo‘shiq, satrlarga o‘tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his-tuyg‘ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi. Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish uyg‘otishi kerak.
Aloqalar metodi matnning tayanch so‘zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi ko‘rishassotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo‘lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur. Bumetodjismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Shu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda olib qolinadi.[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |