Xotira Reja: Xotira jarayonlari


Download 80.41 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi80.41 Kb.
#1302133
  1   2   3   4
Bog'liq
8- мавзу Хотира

Xotira

Reja:

1.Xotira jarayonlari

2.Xotiradagi individual farqlar

3.Xotira tasavvurlari

4.Xotira borasidagi nazariyalar


Xotira jarayonlari quyidagilardan iborat:
Esda olib qolish 
Esda saqlash
Esga tushirish
Unutish
Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir.
Esda qoldirish o‘zining faolligi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
a) ixtiyorsiz esda qoldirish- oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi.
b) ixtiyoriy esda qoldirish- oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
maqsad qo‘yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo‘li bilan esda qoldirish
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish
Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish
Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish
Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi.
Esga tushirish -o‘tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga aytiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po‘stida ilgari hosil bo‘lgan nerv bog‘lanishlarning qo‘zg‘alishidir.

Download 80.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling