Xotira Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bu maqolada ichki havolalar juda kam
Download 133.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Xotira (2)
Xotira Vikipediya, ochiq ensiklopediya Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qo ʻshib yordam qiling (https://uz.wikipedia.org/ w/index.php?title=Xotira&action=edit). Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki o ʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon.Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri bo ʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takror jinnini qobiliyatida namoyon bo ʻladi. Xotira individning o ʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida ta ʼkidlagan. Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po ʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira kulami, axborotlarning uzoq vaqt va mustaxkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chikish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining ko ʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida o ʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli Xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli Xotirada axborotlar bir necha dakiqadan bir necha o ʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr shok, narkoz ta ʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli Xotirada axborotlar odam umri bo ʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Kisqa muddatli Xotira astasekin uzoq muddatli Xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning o ʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari o ʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi Xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, fe ʼl-atvori va sh.k. bilan uzviy bogʻliq. Xotira namoyon bo ʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional Xotira (histuygʻuni esda tutish), obraz Xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), so ʻz*mantiq Xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini so ʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda so ʻz*mantiq Xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz Xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy Xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qo ʻyiladi; ixtiyorsiz Xotirada bunday maksad bo ʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) o ʻz*oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy Xotira ixtiyorsiz Xotiradan samaraliroq. Fanda Xotira bilan bog ʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi Xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda Xotira susayishi (gipomneziya), yo ʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga bo ʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir bo ʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta Xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, og ʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va sh.k. kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga e ʼtiborni qaratish kerak. Ushbu maqolada O ʻ zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma ʼ lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xotir a&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog ʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xotira&oldid=3271102" dan olindi Manbalar Download 133.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling