Kompyuter bilan muloqot. OC ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o’z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo’lgan holatdan boshqa holatga o’tish yo’lini foydalanuvchi tavsiyaga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko’zda tutilgan bo’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko’zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni “bilmaydi” va “tupik” holat vujudga kelishi ham mumkin. (Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resurni talab qilishi). Muloqot tashabbuskori foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. (Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtincha yoki umuman to’xtatish).
Do'stlaringiz bilan baham: |