Xotiraning fiziologik mexanizmlari
Download 14 Kb.
|
xotira mexanizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli reflekslarning biologik ahamiyati.
Xotiraning fiziologik mexanizmlari. Miyada qayd qilingan axborotlar uzoq va qisqa muddatlarda saqlanib qoladi. Aynan ana shularga asosan xotirani qisqa muddatli va uzoq muddatli xillari farqlanishi yuzaga keldi. Taxmin qilishlaricha vaqtinchalik bog’lanishlar hosil bo’lishida ishtirok etuvchi po’stloqosti hujayralari, uni qisqa muddatlarda saqlab turish uchun («qisqa muddatli» yoki «operativ» xotira) ma’lum funksional o’zgarishlar yuz beradi. Shartli va shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan qo’zg’atilgan neyronlar zanjiri qator bog’lanish tugunlari bilan aylanma ritmik faollikga qamrab olinadi va nerv impulslarining tutashgan neyronlar zanjiri bo’ylab aylanishi qisqa muddatli xotira asosida yotadi. Nerv bog’lanishlarni uzoq muddat ushlab turish («uzoq muddatli xotira») sinaps apparatidagi o’zgarishlar yoki nerv hujayralari tanasidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lsa kerak. Nerv impulslarini po’stloq neyronlarini dendritlarni tolalariga ikkinchi marta o’tishida o’lchami jihatidan kattalashadi, bu esa o’z navbatida neyronlarning sinaptik faolligini oshiradi deb taxmin qilinadi. Uzoq muddatli xotiralar nerv qo’zg’alishlarini o’tkazuvchi mediatorlarni sintezlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi trofik jarayonlarning o’zgarishi bilan bog’liq degan taxminlar ham bildirilgan. Xotira izlarini neyron qo’zg’aluvchanligini darajasi boshqaruvchi ionlarni qayta taqsimlanishi bilan fermentlar tizimining katta tuzilishi bilan bog’lab tushuntiradilar. Keyingi yillarda xotira izlarini o’zida olib yuruvchi material sifatida nuklein kislotalari va oqsillarni roli haqidagi fikrlar keng tarkalmoqda. Ko’pchilik izlanuvchilarni fikricha uzoq muddatli xotiralarning material substrati bo’lib nerv hujayralari yadrosining DNK si hisoblanadi degan fikrni ilgari surmoqdalar. Xotira izlarini ayrim hujayralar ham saqlab qolish xususiyatiga ega bo’lishi haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bu esa vaqtinchalik bog’lanishlarning tutashishi xotiraning mexanizmlaridan biri deb qarashga asos bo’ladi, tashqi stimullovchini bir martagina ta’siri ham chuqur iz qoldirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar ham bor. Shuni qayd qilish kerakki, odamning xotirasi miyaning turli tuzilmalarini o’zaro ta’siri tufayli bajariladigan murakkab dinamik jarayondir. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Odatda organizm ma’lum darajadagi shartsiz reflekslar fondi bilan tug’iladi. Ular uning nisbatan doimiy yashash sharoitida hayotini saqlab turishini ta’minlaydi. Ularga oziqlanish (emish, chaynash, yutish, so’lak ajralishi, me’da shirasini ajratish va boshq.) jinsiy reflekslar jinsiy aloqalarni bajarilishi bilan va bolasini oziqlantirish va parvarishlash bilan bog’liq bo’lgan reflekslar, termoregulyasion, nafas, yurak, tomirlar, organizmni ichki muhitini doimiyligini saqlab turuvchi (gomeostaz) va boshqa shartsiz reflekslar kiradi. Shartli reflekslar organizmni o’zgaruvchan hayot sharoitiga jiddiy darajadagi mukammal moslashishini ta’minlaydi. Ular hidiga qarab oziqalarni topish, xavfdan va turli holatlardan o’z vaqtida chiqib ketish imkonini beradi. Sulakni, me’da va me’daosti bezi shiralarini ovqatlarni turi, hidi va oziqalarni qabul qilish tartibiga qarab shartli reflektor ajralishi, ovqatlar organizmga tushmasdan turiboq ularni hazmlanishi uchun kerakli zarur sharoit yaratiladi. Ish holatining ko’rinishi ish boshlanguniga qadar gazlar almashinuvining tezlashishi va o’pka ventilyasiyasining ortishi organizmning muskulli faoliyati paytidagi uning bardoshlik va yaxshi ish bajarish qobiliyatini ta’minlaydi. Atrof-muhit sharoitlarini o’zgarishida ilgari hosil qilingan shartli reflekslari so’nadi va yangi shartli reflekslar hosil bo’ladi. Katta yarim sharlar po’stlog’iga shartli signal ta’sir etganida keyinchalik o’z ta’sirini ko’rsatuvchi tashqi muhit qo’zg’atuvchilariga organizmni reaksiya qilishi uchun oldindan tayyorlanishini ta’minlaydi. Shu sababli, katta yarim sharlari po’stlog’i faoliyati turtkilovchi hisoblanadi. Download 14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling