Xozirgi zamon tibbiyotida


Download 9.44 Kb.
bet3/3
Sana20.11.2023
Hajmi9.44 Kb.
#1787696
1   2   3
Bog'liq
Bexruz

Majburiy

Evtanaziya

bemorning fikri eʼtiborga olinmaydi (ogʻir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish.

Ko’p davlatlar qatori Niderlandiya, Shveytsariya, Belgiya, AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxsat berilgan.

Germaniya, Shvetsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Kanada va boshqa baʼzi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari baʼzi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtanaziya oʻtkazishga ruxsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir)

Bugungi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu soʻzni yoqimli, yengil oʻlim deb baholaydilar. Hozirda faqat Niderlandiya evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qatʼiy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qoʻllash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni ogʻrimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan.

Evtanaziya tarafdorlari uni tuzalishga umidi boʻlmagan bemorlarni azobdan qutiltirishning eng rahmli yoʻli deyishadi. Ularning fikricha, shaxslarda qachon va qanday oʻlishlarini tanlash huquqi bor va ularning bu huquqini poymol qilish ularning avtonomiyasi va sharafiga boʻlgan tahdiddir. Shuningdek evtanaziya tarfdorlarining aytishlaricha, bu befoyda davolashga ketadigan xarajatlarni kesadi va kasalxonalarni boshqa bemorlar uchun boʻshatib beradi.

Boshqa tomondan qaralsa, evantaziyaga qarshi turuvchilar insonning hayotiga nuqta qoʻyish, sharoitlardan qatʼiy nazar axloqan notoʻgʻri deb hisoblashadi. Ularning fikricha, hayot muqaddas narsa hamda evtanaziyaga ruxsat berish oxir-oqibat zaif qatlamdagilarning oʻz hayotlarini yakunlashga undalishi va bosim qilinishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, palliativ yordam va ogʻriqni qoldirishga qaratilgan davolash evtanaziyaga yuzlanmasdan bemorlarga yengillik berishi mumkin.

Oxir-oqibat evtanaziyaga doir bahslar hayotning muqaddasligi va insonning erkinligiga borib taqaladi. Ikkala tomonda ham mantiqiy argumentlar boʻlsada, qaysi yoʻlni tutish jamiyatning qoʻlida qoladi.

E’riboringiz uchun tashakkur!


Download 9.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling