Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan


Download 9.46 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi9.46 Kb.
#1036884
Bog'liq
xristianlik dini haqida


Xristianlik — dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi.[1] Xristianlikning asosiy gʻoyasi xudo odam — Iisus Xristos (Iso Masih; Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga koʻra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlikda namoyon boʻladi, deb oʻylashadi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi, deb uqtiriladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va boshqa muqaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk Xristian dastlab fetishizmdan ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar va oddiy jamoa aʼzolariga boʻlingan. Ayrim-ayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovining tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristian tarafdorlari boʻlishdi. 4-asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining gʻarbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xristian cherkovini ikkiga: katolik (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslav (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolikdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestav yuzaga keldi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi!

Mil.ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarqand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916-yilning oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchirildi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936-yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari ham kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.


Pravoslav cherkovi (grekcha: Ἡ Ὀρθόδοξη Ἐκκλησία) — xristian cherkovi 3 asosiy oqimdan biri (katolik cherkovi va protestantizm bilan bir qatorda). Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395 yil), paydo buldi. P. ilohiyoti asoslari 9— 11-asrlarda Vizantiyada shakllangan. Xristian cherkovi katolik va pravoslaviye cherkoviga bulingandan keyin 1054-yil mustaqil cherkov sifatida uzil-kesil qaror topgan. Bu boʻlinishga gʻar-biy cherkovning papani barcha xristi-anlarning oliy boshligʻi deb hisoblashi, muqaddas ruhning ota-xudo va oʻgʻil-xudodan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi. P. taʼlimotiga "muqaddas uchlik" — xudoning ayni bir vaqtda ham yagona, ham uch xil koʻrinish (ota-xudo, oʻgʻil-xudo va muqaddas ruh)da namoyon boʻlishiga eʼti-qod qilish; insonni tugʻma gunohkor deb bilish; Isoning inson qiyofasiga ki-rib, uz ummatlarini gunoxdan xalos etish uchun oʻzini qurbon qilganini tan olish; oxiratga va unda qayta tirilishga ishonish va boshqa kiradi. P. bir necha avtokefal (mustaqil) cherkovlardan tashkil topgan. Eʼtiqod asosini Bibliya va Mukaddas rivoyatlar (birinchi 7 ta Ja-hon sobori qarorlari va 2—8-asrlardagi cherkov otalarining asarlari) tashkil kiladi. P. MDH mamlakatlarining baʼzilarida, Gretsiya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya, Kiprda, kichik jamoalari Su-riya, Livan, Isroil, MAP va boshqa mamla-katlarda tarqalgan. Pravoslavlarning umumiy soni 250 mln.ga yaqin

Protestantizm (lotincha: protestatio norozi boʻlish, kelishmaslik) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birgalikda). Reformatsiya davri (16-asr)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. Protestantizm asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. Protestantizm cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. Protestantizm ruxoniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Protestantizm da ruxoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantizm, asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.

Katolitsizm (lotincha: catholicismus, grekcha: καθολικός - katholikos - umumiy, asosiy) — xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsizm diniy taʼlimot va cherkov tashkiloti sifatida 1054 y.da cherkovlarning boʻlinishidan keyin vujudga keldi. 16-asrda Katolitsizmdan protestantizm ajralib chikdi. Katolik cherkovi qatʼiy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan-bir boshligʻi — Rim papasi. Katolitsizm xristianlikning asosiy aqida va marosimlarini eʼtirof etadi. Ayni vaqtda oʻziga xos aqidalari ham bor.



Katolitsizm muqaddas ruh faqat xudo-otadan emas, balki xudo-oʻgʻildan ham paydo boʻlgan, Rim papasi Isoning yerdagi noibi, u din va axloq ishlarida gunoh qilmaydi, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan yuqori turadi deb hisoblaydi. Katolitsizm faqat muqaddas yozuv (Bibliya)ni emas, balki muqaddas rivoyatni ham diniy taʼlimotning manbai deb biladi. Katolitsizmda, pravoslaviyedan farqli ravishda, muqaddas rivoyatga katolik cherkovlari jahon soborlarining qarorlari va papaning fikrlari ham qoʻshilgan. Ruhoniylarning uylanmasligi, Bibi Maryam bokira boʻla turib Isoni tugʻishi, uning jismi osmonga koʻtarilib ketishi aqidasini eʼtirof etish, eʼtiqod timsoliga aʼrof aqidasini qoʻshish Katolitsizmga xos xususiyatdir.

Katolitsizm uchun marosimlarni tantanali oʻtkazish, jafo chekkanlarni, avliyolarni izzat-hurmat qilish harakterlidir. Katolitsizmda ibodat asrlar davomida lotin tilida olib borilgan, II Vatikan sobori (1962—65) ibodatni milliy tillardaoʻtkazishga ruxsat bergan. Katolitsizmga koʻproq Foma Akvinskiyning diniy qarashlari asos qilib olingan. Katolitsizm jahon siyosatida muayyan rol oʻynaydi.’ Katolik cherkov koʻp sonli ruhoniylar, monaxlik ordenlari, klerikal partiyalar, missionerlik tashkilotlari va b.ga ega. Cherkov statistikasiga koʻra, katoliklar 900 mln.ga yaqin kishi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstriya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsizm hukmron diniy taʼlimot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining koʻpchiligini tashkil etadi. 20-asrning 60-y.laridan Katolitsizm aqidalari, marosimlari, tashkilotlari va siyosati zamon talablariga moslashtirilmokda
Download 9.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling