Xritian jamoalarining vujudga kelishi
Rimning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Download 80.19 Kb.
|
3 -asr inqirozi
Rimning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Rim imperiyasida milodiy I asr davomida ikki sulola hokimiyatni boshqardi. Tiberiyning vorisi Germanikning o‘g‘li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula (37-41-yy) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjahl, axloqan buzuq, o ‘ta mag‘ rur, takabbur shaxs edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi siyosatni olib bordi, soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan xazinani turli tomosha, mo‘l - ko‘l sovg‘alar berish bilan talon - toroj qildi. Kaligula o‘zini „Janob“ (Dominis) va „Xudo“ deb eʼlon qilib, omma oldida Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. Bu aqlsiz itnperatoming hukmronligi uch yil davom etib 41 -yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o ‘ Idirildi. Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog‘ asi Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yy) imperator deb e’lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni yaxshiladi. O‘ zining senatdan mustaqil bo‘lgan maʼmuriyatini tuzdi. Uning maʼmuriyati bir necha muasssasalardan tashkil topib, ulami ozod qilingan qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqamvni markazlashuvi va imperatoming shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo‘shin, turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalaming zodagonlariga tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o‘rniga diplomatik vositalar qo‘llanila boshlandi, faqat 43-yilda Britaniyaga harbiy ekspeditsiya uyushtirildi. Klavdiyning ikkinchi xotini 33 yoshli Agrippina 54-yilda uni zaharlab o‘ldirdi va o‘zini 17 yoshli o ‘ g‘ li Neron Klavdiy Sezami (54-68-yillar) taxtga chiqardi. Neron Yuliy Klavdiylar sulolasining koʻzga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lib, axloqan buzuq, shafqatsiz kishi edi. Hukmronligi davrida o ‘z onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Oktaviani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o ‘ ldirdi. Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga muhtoj bo‘lgani uchun juda ko‘p senatorlami, zodagonlami qatl etib, ulaming mol-mulkini o‘zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi xarajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o‘zi musiqa va qo‘shiqchilik bilan shug‘ullanib, sahnada o‘ynar edi, Yunonistonga borib, shoirlar ko‘rigida qatnashadi. Rimda 64-yilda juda katta yong‘in bo‘lib, u bir hafta davom etdi va shahaming 14 kvartalidan 10 tasi toʻla yonib ketdi. Yong‘indan keyin Palatin va Eskvilin tepaliklari o ‘rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun hashamatli „oltin“ saroy qurildi. Xalq ommasi o‘rtasida Rimdagi yong‘inni asosiy sababchisi Neron deb mish-mish tarqaldi. Neron yong‘in aybdori sifatida rimdagi nasroniylar jamoasini ommaviy qatl qildi. Imperatoming shafqatsizligi, uning zo‘ravonligi zodagonlami keskin noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ulaming ichida faylasuf-sitoik Lutsiy Anney Seneka, uning jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi, Parfiya bilan Armaniston uchun uzoq davom etgan urush (66-yil) Rimning mag‘lubiyati bilan tugadi. Neron oxirgi 2 yil hukmronligi davrida davlat boshqaruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo‘zg‘olon boshlandi. Neron hukmronligiga qarshi ommaviy norozilik kuchaydi. Galliya, Germaniya va Ispaniyada unga qarshi 68-yil bahorida legionlar qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Taxt vorisligiga 70 yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Gafba nomzodi qo‘yildi. Neronni hech kim himoya qilmadi, hatto pretorian qismlari ham Galba tomoniga o‘tdi. Neron yashirinishga urindi, lekin yashirina olmadi. Dushmanlar qo‘liga tushmaslik uchun u o ‘ zini qilichga tashladi. Neronning o‘limi bilan Yuliy-Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga etdi. Rim imperiyasining navbatdagi hukmdori qisqa vaqt 68-69- yillarda sarkarda Galba bo‘ldi. Taxtga Italiya provinsiya zodagonlaridan kelib chiqqan o‘z legionlariga tayanib Tit Flaviy Vespasian chiqdi (69-79-yy). U lashkarboshi sifatida Yahudiya umshi davrida tanildi. Vespasian yangi Flaviylar sulolasini boshlab berdi. Bu sulolaga yana ikki imperator Vespasianning o‘g‘illari Tit va Domitsianlar ham kirgan. Vespassian uzoqni ko‘ra biladigan aqlli hukmdor sifatida imperiyani iqtisodiy va moliyaviy kuchini nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun 40 mlrd sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergashga kirishib, xarajatlami qisqartirdi va yangi soliqlami joriy qildi. Hatto u dafin uchun va Rim jamoa hojatxonalariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo‘l-ko‘l tarqatdi hamda senatorlar va suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib ketgan ozod qilingan qullar bilan toidirdi. Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagonlariga bevosita tayana boshladilar. Vespasian 70 yoshida 79-yil iyunida vafot etadi. Uning o‘g‘li Tit 79-81-yillar taxtga chiqib 42 yoshga yetmasdan bezgak kasalligidan o‘ladi. Tit davrida mashhur Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum shaharlari kul ostida qoldi (79-yil). Flaviylaming so‘nggi vakili Domitsian (81-96-yy) bo‘lib, oʻzining mutlaq hokimiyatini o‘rnatishga harakat qildi va 45 yoshida fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. II asr Rim imperiyasining «oltin davri» hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan janubga Nil ostonalarigacha, g‘arbdan Atlantika qirg‘oqlaridan sharqda fors qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan edi. Quldorlik tizimi o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ko‘p quldorlik xo‘jaliklari bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o‘tdi. Qullarga nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi. Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi shahar hayoti o‘z taraqqiyotida yuqori bosqichga ko‘tarildi. Eramizning I-II asrlarida O‘rtayer dengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o‘rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari ma’lum darajada unifikatsiya qilindi. Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining yuqori darajasiga erishdilar. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar, kel’tlar, shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, liviyaliklar, dunay bo‘yidagi pannonlar, illiriyaliklar, mezlar hali arxaik davrning so‘ngi bosqichida edilar. Rim istilolariga qadar g‘arbiy provinsiyalarda qishloq xo‘jaligi qoloq bo‘lib, asosan g‘alla ekilgan. Yerga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apenin yarim oroli aholisi qishloq xo‘jaligining rivojlangan shaklini g‘arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. Gall vinolari, ispan zaytun moyi, Italiya va Yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo‘jaligi tez rivojlandi. O‘rta va yirik quldor xo‘jaliklari (villa) yetakchi o‘ringa chiqdi. Quldorlik xo‘jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi. Barcha provinsiyalarda imperator yer egaligi keng tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. G ‘arbiy provinsiyalarda o‘rta quldor pomest’elari, mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa, kichik yer egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada keng tarqaldi1. Afrika provinsiyalarida quldorlik xo‘jaliklarida asosiy ishchi kuchi qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning g‘alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin qul xo‘jayinning mulki bo‘lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy) bilan ta’minlash er avIll asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hoi bo‘lib qoldi. Qul pekuliydan foydalangan holda o‘ziga o‘rinbosar sotib olishi mumkin edi. Qaysiki o‘rinbosar qul uning xo‘jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo‘yilgan qullar ko‘p hollarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, juda ko‘p boylik to‘plar edilar. O‘z xo‘jayinlariga zarurat tug‘ilganda turli xil xizmatlami ko‘rsatar edilar. Misol uchun Diktator Sullaning erkin qo‘yilgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilardan biri bo‘lib, hatto uning oldida senatorlar ham titrab qaltirar edi. Ammo ko‘pchilik ozod qo‘yilgan qullar o‘rta darajadagi mulkka ega bo‘lib, hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug‘ullanar hamda oshxonalarning egalari edilar. Quldor latifundistlar o‘z yerlarini chek yerlarga bo‘lib, kolonlarga ijaraga berdilar. Eramizning II asrida kolonlar bug‘doyni, tariq, zaytun moyini I/3 qismini, quldorga berishi kerak edi. Bundan tashqari, kolon quldomi yerida bir necha kun ishlab berishi kerak edi. Yerga ishlash takomillashdi, g‘alla va boshqa ekinlaming yangi navlari, o‘g‘itning yangi navlari joriy qilina boshlandi. Qishloq xo‘jaligi takomillashdi, g‘alla latifuniyalarida g‘allani yig‘adigan mexanizm, g‘ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyaiarda shaharlar va shahar aholisining o‘sishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo‘lishi, provinsiya qishloq xo‘jaligida yerdan unumli foydalanish va tovar xo‘jaligini kirib kelishi uchun shart-sharoit yaratdi. Quldor xo‘jaligi endilikda bozor bilan bog‘landi. Qishloq xo‘jaligida tovar munosabatlarining rivojlanishi latifundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik, to‘quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall latifundiyalarida shaxtalardan temir rudasi qazib olinib, metall ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Eramizning I asrlarida qishloq xo‘jaligi bilan birga hunarmandchilik va savdo keng rivoj andi. Rim hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo‘rg‘oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Klikiya va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni yetkazib berib turar edi. Ayniqsa, temir rudasini qazib chiqarilishi keng yo‘lga qo‘yildi. Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi. Barcha konlar imperatorning mulklari bo‘lib, ko‘pincha ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar o‘tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo‘lsa, eramizning II asrida ulaming soni 50 taga yetdi. Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taqsimotining o‘sishi uning iqtisoslashuvini o‘sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mehnat yetakchi rol o‘ynar edi. Tog‘ kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlarida qul mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og‘ir mehnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti oshpazlik, g‘isht quydirish kabi yangi sohalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II asrida provinsiyalarda hunarmandchilik, ayniqasa, yuksaldi. Agar er.av. I, eramizning II asrlarida Italiya shaharlariga ko‘plab sotilgan. Bir qancha provinsiyalar o‘z mahsulotlarini boshqa provinsiyalarga, shuningdek, Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa, gall shaharlari nihoyatda rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yoping‘ichlar va kulolchilik mahsulotlari g‘arbiy provinsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va gazlamalami ishlab chiqaradigan asosiy markazlarga aylandilar. Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy Italiyaga ko‘chdi. Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi an’naviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o‘rniga gall provinsiyalariga Norika va Dalmatsiyaning temir konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa, Akvileya shahri metall buyumlar va qurol-yarog‘, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab chiqaradigan yirik hunarmandchilik markaziga aylandi.Eramizning I-II asrlarida barcha provinsiyalarda savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya savdogarlari Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provinsiyalari bilan faol savdo qildilar. Pal’mira savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko‘plab savdo do£konlari va omborxonalar qurila boshlandi. Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qurildi. Savdo-sotiqning rivojlanishi provinsiyani mahsulot ishlab chiqarishini ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va vino, Galliya vino, shisha idishlari, jun mahsulotlari, Misr g‘alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya vino, zarbof gazlamalar va zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Savdogarlar, hunarmandlar kollegiyalarga birlashdilar. Savdo taraqqiyoti sarroflik va sudxo‘rlikni rivojlanishiga turtki boidi. Tashqi savdo rimliklar uchu foydali edi. Rim imperiyasi qora dengiz hududlari, sharqiy Yevropa, Eron, O‘rta Osiyo va Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o‘matdi. Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo‘li O‘rtayer dengizi qiig‘oqlariga borar edi. Petra-Transiordaniya - Damashq - O‘rtayer dengizi, Frot - Palmira - Damashq - O‘rtayer dengizi, Hindiston - Arabiston -Iskandariya. Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto Markaziy Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya davrida yangi tanga «aureus» zarb qilina boshlandi. O‘ng tomonida hukmdor imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi. Ko‘p tarqalgan Rim tangalaridan biri - kumush denariy edi. Eramizning I asrida u sof kumushdan, eramizning II asrining oxiridan esa mis qo‘shib, tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga- sestertsiy (4ass) va dupandiy (2ass) ishlatilar edi. Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va quldorlar bo‘lib, ulardan tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik chek yerlarning egalari yoki ijarachilar kichik hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi. Tabaqalar o‘rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha quldorlik xo‘jaliklarida qullarga bo‘lgan ehtiyoj urushlar natijasida qondirilgan edi. Eramizning II asrida istilochilik urushlarining nihoyasiga yetishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin kamaytirdi. Lekin quldorlik xo‘jaliklarida qul mehnatiga ehtiyoj juda kuchli edi. Bu hollar qullar narxining keskin o‘sishiga olib keldi. Qul mehnatini unumdorligi manfaatdor quldorlar qullarning maishiy sharoitini o‘zgartirishga majbur bo‘ldilar. Qishloq pomestiylari va shaharlarda qul cho‘rilar soni o‘sib bordi, qullarga oila qurishga ruxsat berildi va ular rag‘batlantirildi. Qullikda tug‘ilgan bolalar (Ulami vemlar deb atashgan) biror bir hunarga o‘rgatilgan bo‘lib, qul bozorlarida yuqori boholanar edi. Qullarni oila qurishini rag‘batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun chek yer, mehnat quroli, kulba, kichikroq do‘kon, bir necha qora mol ajratar edilar. Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk «pekuliy» deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg‘a qilgan yerini istalgan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning huquqiy holati ham o‘zgardi. Imperator Adrian qullarni- sababsiz o‘ldirishni taqiqladi. Eramizning II asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi. Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo‘lib, yer egasidan shartnoma muddati tugagandan so‘ng ketishi mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilar edi. Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli majburiyatlar turi bilan o‘ralib, huquqiy jihatdan o‘z yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda uzoq muddat ishlar edi. Erkin, o‘z yerini yo‘qotgan dehqon, batrak va erkin qo‘yilgan qul, yerni ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. Kolonatni yana bir manbasi chegara provinsiyalarda asir olingan yerga joylashtirilgan varvarlar edi. Domitsian o‘limidan keyin senat 66 yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri Mark Ul’piy Trayan bo‘ldi. Trayan Ispaniyada tug‘ilgan bo‘lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva qo‘shinda obro‘- e’tiborli bo‘lgan Trayanni asrandi o‘g‘il va voris qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. Trayan 98-I17-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o‘zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi (96-196-yillar). Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo‘shinlari 10I-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo‘ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo‘ysundirdi, Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim pvovinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o‘lja bo‘ldi. Dakiya g‘alabasiga bag‘ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko‘rsatildi, Plebsga mo‘l-ko‘l sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi2. Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun I13-yil urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G‘ayratli imperator I15-I16-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo‘shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo‘ltig‘igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg‘og‘idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo‘ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo‘lib I17-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 4I yoshli asrandi o‘g‘li Publiy Eliy Adrian chiqdi (I17-138-yillar). U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi sifatida o‘z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to‘la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo‘yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo‘shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U legionlami Rim yoki latin fuqaroligi bo‘lmagan provinsiya aholisidan to‘ldirishga ruxsat berdi, chunki qo‘shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko‘plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko‘plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi. Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo‘lib, imperiya taqdiri uchun o‘z mas’uliyatini to ia anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko‘pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo‘lgan nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (16I- yildan 180-yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo‘ri 18 yoshli o‘g‘li Kommod (180-193-yillar) imperator boidi. Antoniylar sulolasining so‘nggi vakili Kommod qo‘pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o‘limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o‘zining ochko‘z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo‘liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan imperator o‘zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo‘lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo‘qotib kalendaming barcha oylarini o‘z nomiga o‘zgartirdi, hatto Rimning nomini o‘zgartirib uni «Kommod» shahri deb atashga buyruq berdi. Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi, shundan so‘ng senatorlar toifasiga qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va mavrlar qo‘zg‘olonlari qo‘shin tomonidan zo‘rg‘a bostirildi. 192- yilning oxiigi kunida aqlsiz imperatoming mashuqasi va qo‘riqchilar boshlig‘i fitnasi natijasida Kommod o‘ldirildi. Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo‘lida to‘plana boshladi. Senat o‘z siyosiy mavqeini yo‘qotishi bilan uning tarkibi ham o‘zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega boigan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalaming qurboni bo‘ldilar. Qolganlari esa kambag‘allashib qoldi. Prinsipatning birinchi yillarida ulaming o‘rniga suvoriylar, munitsipiylardan chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo‘l ochildi. Vespasian davrida senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so‘ngida kelib chiqishi gallardan bo‘lgan kishilar kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko‘pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo‘qoldi. Download 80.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling