Xrom – rang elementi by adminSentabr 20, 2021 Xrom
Download 160.89 Kb.
|
XROM
Elementlar XROM – RANG ELEMENTI by adminSentabr 20, 2021 Xrom Temirning zanglashini oldini olish maqsadida, unga sirt qoplamasi sifatida nikel, qalay, kadmiy va ruxdan foydalanish mumkinligi haqida yuqorida hikoya qilgan edik. Lekin, temirni zanglashga qarshi qoplama uchun eng muhim va chiroyli zeb beradigan metall bu – 24-raqamli element – xrom bo‘ladi. Xromni 1797-yilda farang kimyogari Lui Nikolya Voklen tomonidan kashf qilingan bo‘lib, elementga tanlangan nom yunonchada «rang» degan ma’noni beradi. Sababi, xromning barcha birikmalari muayyan o‘ziga xos ranglarga ega bo‘ladi. Xrom birikmalarida tabiatda mavjud barcha ranglarni uchratish mumkin. Sof metall holida esa xrom tabiatdagi eng qattiq metallar sirasiga kiradi. U misdan, nikeldan va hatto temirdan ham qattiq bo‘ladi. Boz ustiga, xrom ham xuddi alyuminiy singari, o‘z sirtiga yupqa oksid qatlam hosil qila oladi va shu sababli, havoda xira tortib qolmaydi va sayqallashga moyil bo‘ladi. Avtomobillarning yarqiroq metalldan tayyorlangan dekorativ elementlari asosan nikel qoplamasi bilan qoplansa-da, baribir uning ham ustida juda yupqa qatlam xrom bilan yuritiladi. Bunday dekorativ metall qismlar doim yorqin yiltiroq metall tusini saqlab, avtomobilning chiroyini yanada ochadi. Shinavandalar bu metall qismlarni shunchaki «xrom» deyishadi. Xrom shunchaki qoplama sifatida ishlatiladigan metall emas. Uning po‘latga qo‘shib qotishma hosil qilinishi juda pishiq va qattiq qotishmalar olish imkonini beradi. Biz biladigan turli podshipnik sharchalari o‘z vazifasiga ko‘ra o‘ta qattiq metalldan tayyorlanishi lozim. Shu sababli, podshipniklarni aynan xromli po‘latdan quyiladi. Xrom shuningdek, hammaga ma’lum zanglamas po‘lat ham tarkibida 18% xrom va 8% nikeldan iborat bo‘ladi. Ko‘plab oshxona buyumlarining o‘yma yorlig‘iga qaraganingizda albatta ushbu zanglamas po‘lat yozuviga ko‘zingiz tushgan. Uni zanglamas qiladigan element aynan xrom bo‘ladi. Boz ustiga, bunday po‘lat magnit xossasiga ega bo‘lmaydi. Bu jihat ham o‘rni kelganda juda foydali bo‘ladi. Uyda uchratish mumkin bo‘lgan yana bir xromli qotishma bu – nixromdir. Uning 4/5 qismi nikel va 1/5 qismi xrom bo‘ladi. Ba’zan nixrom tarkibida oz miqdorda temir ham mavjud bo‘ladi. Metall sifatida nixrom juda yomon o‘tkazgich sanaladi. Uning o‘tkazuvchanligi kumushning o‘tkazuvchanligidan atiga 1,5% ni tashkil qiladi. Shu sababli, nixromdan elektr toki o‘tkazilsa, u hatto qalin bo‘lsa hamki, juda tez qizib qizarib ketadi. Turli maishiy texnika vositalari – elektr plitalari, toster va ho kazolarning spirallari tayyorlanadigan asosiy qizdiruvchi elementi aynan nixrom bo‘ladi. Ikki atom xrom va uchun atom kisloroddan iborat xrom oksidi (Cr2O3) yashil rangli bo‘ladi. Uni xromit rudasidan olinadi. Bunday rudada odatda xrom oksididan tashqari temir oksidi ham bo‘ladi. Xromit eng keng tarqalgan xrom rudasi bo‘lib, juda yuqori erish haroratiga ega. Shu sababli, undan g‘isht tayyorlab, o‘ta yuqori haroratlarda qiziydigan pechlarining ichki qismini futerovka qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek, xrom oksidi shishaga qisman qo‘shilsa, shishaning rangi yashil tusga kiradi. Zumrad va yoqut singari qimmatbaho toshlarining yashil tusi ular tarkibida oz miqdorda mavjud bo‘ladigan xrom oksidi tufaylidir. Moviy tusdagi sapfir toshlarining rangi ham uning tarkibidagi xrom tufayli yuzaga keladi. Ushbu toshlarining asosini tashkil qiluvchi alyuminiy va berilliy birikmalarining o‘zi esa rangsiz bo‘ladi. Bo‘yoq moddalar tarkibida qo‘llanadigan xrom oksidini yashil kron deyiladi. Qo‘rg‘oshin xromati esa sariq kron deyiladi. Uning molekulasida bitta qo‘rg‘oshin va bitta xrom atomiga beshta kislorod atomlari birikkan bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin xromat ham bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladi. Yashil va sariq kron aralashmasidan zarg‘aldoq rangli kron tayyorlanadi. Xrom va uning xossalari Davriy jadvalda xrom bilan qo‘shni bo‘lgan bir necha element ham xuddi xrom singari qattiqlikka ega. Ushbu elementlar ham po‘latga qo‘shilsa uning sifatini oshiradi va egiluvchan, oson ishlov beriladigan qilib qo‘yadi. Shu sababli ham, xromga qo‘shni ushbu metallarning qadri ancha baland yuradi. Download 160.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling