Xromosomada tarqalmagan belgilarning irsiylanishi
Download 12.47 Kb.
|
Xromosomada tarqalmagan belgilarning irsiylanishi
Xromosomada tarqalmagan belgilarning irsiylanishi Odatda hujayraning meyoz boʻlinish jarayoni normal kechsa autosomalar ham,jinsiy xromasomalar ham gametalarga teng taqsimlanadi.KBridjes tadqiqotlariga koʻra ayrim vaqtda jinsiy xromasomalar meyoz jarayonida hujayralarga notekis taqsimlanishi mumkin.Oqibatda bir gametaga ikkita X xromasoma tarqalib ikkinchi gametada esa X xromasomalar boʻlmaydi.Bunday tuxum hujayralar X xromasomali yoki Y xromasomali spermatozoidlar bilan urugʻlanganda 4xil XXX XXY XO OY tipdagi zigotalar hosil boʻladi. Bunday holatda jins bilan bogʻliq belgilar qanday irsiylanadi? Yuqorida qayd qilinganidek agar oq koʻzli urgʻochi drozifila bilan qizil koʻzli erkak drozifilani chatishtirilsa jinsiy xromasomalar normal gametalarga tarqalganda F1 da urgʻochi qizil koʻzli erkak oq koʻzli boʻladi. X xromasoma gametalarga notekis tarqalgada esa 3ta XXX xromasomaga ega drozifila yirik gavdali oʻta urgʻochi boʻlib ular odatda oʻladilar.Ikkita X va Y xromasomali zigotadan rivojlangan drozifila erkak emas u urgʻochi jinsli koʻzi oq boʻladi.Bitta X xromasomali drozifila da Y xromasoma yoʻq boʻlsa-da qizil koʻzli erkak boʻladi.Genotipi faqat Y xromasomali erkak organizm ham oʻladi. Download 12.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling