III BOB. TA’LIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA
MAVZUNING BERILISHI
3.1. Mavzuning ta’lim jarayonida amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik
tavsiyalar
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibrayim Yusupov hayoti va
ijodini nafaqat Qoraqalpog‘istonda balkim O‘zbekistonning barcha maktablarida
o‘rganadilar. 6-sinf darsligida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida
qisqacha ma‘lumot va she’ri keltirilgan. Shoirning hozirgi qoraqalpoq she‘riyatida
tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Uning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ri
darslikdan joy olgan bo‘lib unda kindik qoni to‘kilgan qishloqqa bo‘lgan mehr-
muhabbatining ifodalanishini yaqqol aks ettirgan. Darslikda adib uchun jami 3 soat
ajratilgan. O‘quvchilar yozuvchi haqida qisman ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |