Xudoyberdi to'xtaboyev


Download 34.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi34.5 Kb.
#256671
Bog'liq
Xorazm davlati va uning yuksalishi

Mustaqllik uchun kurash


1017-yilda Mahmud G`aznaviy tomonidan zabt etilib, o`z mustaqilligidan mahrum bo`lgan Xorazm ko`p vaqt o`tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo`lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o`z ma'murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so`ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qiladi. Garchi u "xorazmshoh" unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug`lansa-da, Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o`g`li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog`liqdir.

Mohir diplomat va g`ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmning mustaqilligi yo`lida Movarounnahr va Eronda sodir bo`lgan har qanday qulay siyosiy vaziyatdan foydalanadilar. Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o`ziga bo`ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog`liq bo`lgan Sirdaryo etaklari va Mang`ishloq yarim orolini egallaydi. Qang`li va turkmanlardan kuchli yollanma qo`shin tashkil etib, bir necha bor Sulton Sanjarga qarshi isyon ko`taradi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar bo`lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.




Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi


Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar. XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko`chmanchi o`g`uzlar isyon ko`taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi.

O`rta asrlarda tashkil topgan Xorazmshohlar davlati Old va o`rta Osiyoning eng yirik davlatlaritian biri edi.

Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So`ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo`lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati ayniqsa Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To`g`rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo`ysundiradi. Takashdan so`ng uning o`g`li Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206-yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylarga qaramlikdan ozod etishga kirishildi. 1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag`lubiyatga uchratiladi. Yettisuvga qadarli yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olindi. XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli-g`arbiy va g`arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g`arbda Iroqqa qadar borar edi, janubi-sharqiy hududlari g`azna viloyatidan, shimolisharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o`tar edi. Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Xorazmshoh "Iskandari soniy" deb ulug`lanadi. Movarounnahr aholisining qoraxitoylar zulm-u asoratidan ozod bo`lib, Xorazm tarkibida yagona markazga birlashishi, shubhasiz, ijobiy tarixiy voqea edi.


Ichki ziddiyatlar


Qoraxitoylar zulmidan qutilishgan bolsada, mehnatkash aholining ahvoli yengillashmadi. Aksincha, xorazmshohlarning harbiy yurishlari, talonchilikdan iborat soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma'murlarning jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g`oyat og`irlashtirdi, xalq xo`jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu, shubhasiz, shahar va qishloq mehnatkashlarining xorazmshohlarga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada, 1210-yilda o`tror aholisi, 1212-yilda esa samarqandliklar qo`zg`olon ko`tardilar. Muhammad Xorazmshoh qo`zg`olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. Xorazmshohlar davlati faqat tashqi ko`rinishdangina kuchli ko`rinar edi. Uning yemirilishiga sabab bo`lgan ichki ziddiyatlar kuchayib bordi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning ko`pgina tabaqalari noroziligi, qo`shin va saroyda fitnalarning avj olishi davlatning beqarorlik holatini yaqqol korsatar edi. Shuning uchun ham bu davlat ko`p yashamadi.

Xorazmshoh - Xorazm hukmdorlarining unvoni.

Iskandari soniy - Ikkinchi Iskandar. Muhammad Xorazmshoh Iskandar Zulqarnaynga tenglashtirilgan.

Raboti Malik.XI asr yodgorligi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling