Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda. - Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda.
- Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
- • Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
- • Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
- • Ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi;
- • Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi;
- • Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo'li tanlandi.
- O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990 —yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994—yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o'z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |