Xududlarning moliyaviy salohiyati va mahalliy byudjet daromadlarini oshirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
Download 24.99 Kb.
|
1 2
Bog'liqEshbayeva shahnoza 124
2.3 Xududlarning moliyaviy salohiyati va mahalliy byudjet daromadlarini oshirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida juda ko’plab iqtisodiy islohotlar o’tkazildi va bu islohotlar budjet tizimi hamda mahalliy budjetlar ahamiyatini yanada oshirdi. Mahalliy budjetlar mamlakat iqtisodiyotida daromadlarni taqsimlashda hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashda muhim o’rin egallaydi. Mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish, xarajatlar tizimidagi muommalarni hal etish va ularni isloh qilish, xududlar o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yaratish jarayonlarida xorijiy davlatlarning tajribalarini o’rganib chiqish va ularning eng maqbullarini mamlakatimiz hududida qo’llash yillar davomida o’z natijasini ko’rsatib kelmoqda. Xududlar kesimi bo’yicha mahalliy budjetlar haqida to’xtalar ekanmiz mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev shunday deydi: 1,,Xududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlarning mablag’lari yetarli emas”. Shuning uchun ham bugungi kunda bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda va ko’p sonli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishda investitsiyalarning o’rni alohida ahamiyatga ega. Investitsiya bu- iqtisodiyotning ma’lum sohalarini rivojlantirish uchun rezidentlar yoki norezidentlar tomonidan turli iqtisodiy sektorlarga uzoq muddatli kapital kiritish jarayonidir. Investitsiyadan tashqari yana bir nechta omiillar ham mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlariga tas’ir ko’rsata oladi. 2010-2022 yillar davomida Surxondaryo viloyati mahalliy budjet daromadlariga asosiy kapitalga kirilgan investiitsiya, yalpi hududy mahsulot hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, qurilish ishlari xizmatlar va sanoatning qanday ta’sir ko’rsatganini va ularning o’rtasida qanday bog’liklik mavjudligini ekonametrik tahlillar yordamida ko’rib chiqamiz. Ekonametrika –bu hozirgi kunda juda tez rivojlanib borayotgan soha bo’lib, bu fanning asosiy maqsadi- iqtisodiy hodisa va jarayonlarni va ularning o’rtasidagi bog’liklarni iqtisodiy-matematik usullar yordamida o’rganishdir. Ekonametrikada eng ko’p tarqalgan usullar korrelyatsiyaviy-reggressiyaviy tahlildir. ,,Korrelyatsion bog’lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to’liq soni noma’lumdir. Shuning ushun bunday bog’lanishlar to’liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos. Korrelyatsion bog’lanishlarni o’rganishda ikki toifadagi masalalar ko’ndalang bo’ladi. Ulardan biri o’rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanshalik zish (ya’ni kuchi li yoki kuchi siz) bog’lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvshi usulning vazifasi hisoblanadi. Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog’lanish zichlik darajasini baholashga aytiladi’’2 . Ko’p omilli ekonametrik tahlilni boshlashimizdan oldin Y va unga rasir etuvchi omillarni aniqlaymiz. Bizning tahlilimizda Y- mahalliy byudjet daromadlari va X1-asosiy kapitalga kirilgan investiitsiya, X2-yalpi hududy mahsulot hajmi, X3-qishloq xo’jaligi mahsulotlari, X4-qurilish ishlari, X5xizmatlar hamda X6-sanoat unga ta’sir etuvchi omillar sifatida tanlandi. Ushbu ma’umotlarni quyidagi 2.3.1-jadvalda ham ko’rishimiz mumkin. 2.3.1-jadval Download 24.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling