Xufyona iqtisodiyotning mohiyati va tarkibi Kirish


Download 125.47 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi125.47 Kb.
#1386969
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xufyona


Xufyona iqtisodiyotning mohiyati va tarkibi
Kirish
1. Xufyona iqtisodiyotning mohiyati
2.Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari va sohalari
3. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari

Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati




KIRISH
Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy- iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti xususiyatlari institutsional iqtisodiyot nuqtai nazaridan jamiyatda amal qiluvchi formal va noformal institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri sifatida tadqiq qilinmoqda. Shartli ravishda iqtisodiy-huquqiy tadqiqotlarni uch yo‘nalishga bo‘lib tadqiq etish mumkin:

  1. huquqning iqtisodiy nazariyasi (konsepsiyalari) – legal biznes faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarining iqtisodiy samaradorligini (R.Kouz, R.Pozner va boshq.), hamda huquqiy normalarning xo‘jalik amaliyotiga ta’sirini (R.La Porta) o‘rganish;

  2. xufyona (yashirin) iqtisodiyotni o‘rganish – rasmiy hisob- kitob va nazoratdan yashirinadigan va ko‘pchilik hollarda noqonuniy xarakterga ega xo‘jalik faoliyati (E. De Soto);

  3. jinoyat va javobgarlikning iqtisodiy nazariyasi – kasbiy faoliyatning alohida turi sifatida jinoyatchilarning faoliyatini, hamda jinoyatchilikni kamaytirishning turli uslublarini samaradorligini o‘rganish (G.Bekker va boshq.)

Ushbu uch yo‘nalish ko‘pchilik hollarda ustma-ust tushadi, lekin predmet va metodlardagi farq sezilib turadi. Huquqning iqtisodiy nazariyasi rasmiy (“oq”) iqtisodiyotni o‘rganishadi; xufyona iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar asosan norasmiy (“kul rang”) sektorga e’tibor qaratishadi; jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi kriminal (“qora”) biznesni o‘rganishadi.
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni tadqiq etish bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va sotsiologlar shug‘ullanishadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi, integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi rasmiy chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda. Rivojlangan dunyo birlashib chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har qanday burchagida yuzaga kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda) usullar jadal ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu sababdan iqtisodiyotning norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini, ularni aniqlash va baholash usullarini, shu bilan birga unga qarshi kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki legallashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi.Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlasin”1,-deb ta’kidlagan.
Xufyona iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri
bo‘lgan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir etadi. Shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish masalalari barcha mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
To‘rtinchidan, afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi.


  1. Download 125.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling